O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə93/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

E`tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurni rivojlantirish, vazifalarni taqsimlashni va jamoa bo`lib ishlashni bilish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yinlar «Poliklinika»
Maqsad: shifokor kasbini biladi, o`yin davomida shifoxona, poliklinika, dorixona, shifokor mehnati tushunchalaridan foydalanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: stol, stul, shifokor uchun xona, oq xalat, tibbiyot anjomlari, shpris, tana haroratini o`lchovchi asbop, jadvallar, yoritkichlar, dorilar, kassa, «Ona va qiz» o`yini uchun mayishiy jihozlar, idishlar, stollar, stullar, ona uchun sumka, tibbiy ma`lumotnoma uchun qog`oz, karton, ruchka, qog`oz pullar, qo`g`irchoqlar.
Faoliyatni olib borilishi:
  1. Rollarni taqsimlash.


  2. Shaxsiy tashabbusga ko`ra yoki taklif qilingandagidek o`ynaladi.




O`yinning borishi: Bemor qabulxonaga boradi. Shifokorga talon oladi, va qabulga boradi. Shifokor bemorni qabul qiladi, diqqat bilan uning shikoyatlarini eshitadi, savollar beradi, fonendoskop bilan eshitib ko`radi, haroratini o`lchaydi, tomog`ini ko`radi, tashxis qo`yadi. Hamshira resept yozadi, shifokor qo`l qo`yib tasdiqlaydi. Bemor muoalaja xonasiga boradi. Hamshira emlaydi va muoalaja o`tkazadi. Syujet «Muolaja xonasi».
Qo`shimcha qism: MTMning tibbiyot xonasiga sayr.
E`tiborga molik jihati: bolalarning shifokor mehnati, hamshira va dorixona xodimlari haqidagi bilimlarini boyitish, bemorga alohida e`tibor berish, muloqat madaniyati, o`yin davomida bolalarni nutq va muloqatini rivojlantirish, so`z boyligini oshirish.
Til va nutq markazi
Valeologiya «Yoqimli ishtaha»
Maqsad: inson hayotida sog`lom ovqatlanishni ahamiyati haqida tushunchaga ega bo`lish, ovqat hazm qilish sistemasining vazifalari bilan tanishish.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Ovqat hazm qilish tizimi», «To`g`ri ovqatlanish qoidalari» aks etgan jadval, o`yin uchun oziq-ovqat mahsulotlari.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin