O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə89/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Qo`shimcha qism: mavzuga oid suratlarga hikoya tuzish.
E`tiborga molik jihati: bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harflarni bilish va ulardan so`zlar hosil qilish.
Til va nutq markazi
«Harbiy kiyimva ularning farqli belgilari»
Maqsad: harbiy kiyimlarning turlarini biladi, harbiy kiyim kiyish qoidalari bilan tanishadi, harbiy xizmatchilarning farqli belgilarini tushunadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: harbiy kiyim suratlari, harbiy xizmatchilarning fotosuratlari, kesma suratlar, pazllar, magnitli doska.
Faoliyatni olib borilishi:
  1. Ta`limiy o`yin: «Harbiyni suratini yig`!»(uchuvchi, dengizchi, tankchi, desantchi, quruqlik qo`shinlari).


  2. Bolalar surat asosida hikoya tuzishadi va bir-birlariga hikoya qilib berishadi.


  3. Bolalar suratdagi harbiyga mos bo`lgan so`zlarni tanlashadi: uchuvchi, tankchi, dengizchi, desantchi, milisioner va h.k.




Qo`shimcha qism: Bolalar magnit doskaga harbiy kasb nomlarini joyiga joylaydi. E`tiborga molik jihati: bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`zining armiyasidan faxrlanish tuyg`usini shakllantirish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Tajriba ishi «Havo - ko`rinmas shamol»
Maqsad: tajriba ishini o`tkazish, tajriba masalasini ajratish, mustaqil faoliyat uchun jihoz tanlash.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`ozdan yasalgansamolyotlar (Qurilish markazidan), bir tog`oracha suv va shag`amlar.
Faoliyatni olib borilishi:
  1. Stol chetiga samolyotlarni qo`yib, bolalar unga puflaydilar. Kimning samolyoti uzoqqa uchganini kuzatadilar.


  2. Tog`oradagi suvga bolalar shamolni aks ettirib puflaydilar, qanchalik qattiq puflansa tog`oradagi suv shunchalik to`lqinlanadi.


  3. Bolalar tahlil qiladilar, shamol ko`rinmaydi, biroq u o`zining xususiyatiga ega. Shamol- bu havoning harakati.





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin