Kerakli Jihoz va materiallar: metall tog`oracha, o`yinchoq idishlar, qum uchun idishlar jamlanmasi, qor, yirik munchoqlar, yarim tuxumsimon plastmassa idishlar, bo`yoqlar va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:
Metall tog`oracha yordamida tortning asosi uchun kichik kulcha yasash.
yarim tuxumsimon plastmassa idishlarni qor bilan to`ldiriladi va tortning asosiy qismiga doira bo`ylab (beze) joylashtiriladi.
Tortni rangli bo`yoq bilan bo`yash.
Tortni munchoqlar bilan bezash. (mevalar o`rniga).
Qo`shimcha qism:xamirdan tort tayyorlash.
E`tiborga molik jihati: qorni erishi va o`z vaqtida qorni yangilash.
San`at markazi Jamoaviy applikasiya «Qishki olimpiada o`yinlari» Maqsad: olimpiada ramzini va olimpiada xalqalarining ranglari uyg`unligi qog`ozga tushirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: rangli qog`ozlar, oq karton qog`oz, tuxum po`chog`i, yelim, qaychilar, guash, mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:
Xalqalar chetiga mo`yqalam bilan yelim surtiladi.
Xalqa chetiga surilgan yelimga mustaham qilib tuxum qobig`idan mozayka joylashtiriladi.
So`ng tuxum qobig`iga Olimpiada xalqalarining ranglari uyg`unligiga muvofiq rang beriladi.
Qo`shimcha qism: Bolalarga Olimpiada ramzi, mayog`i, bayrog`i, va xalqalari haqida hikoya qilib berish. Olimpiada bayrog`ini rangli qog`ozlardan tayyorlash va dmrakol yordamida rangli doirachalar yog`dusini (konfetti) yaratish mumkin.
E`tiborga molik jihati: bolalarni birgalikda bajargan ijodiga hamda mayda qo`l motorikasini rivojlantirishga.
YaNVAR IKKINChI HAFTA
MAVZU: «VATAN HIMOYaChILARI KUNI»
Qurish va yasash markazi Origami «Samolyot» Maqsad: qog`ozdan mahsulot yaratish, barmoqlarni rivojlantirish, yaratish va ijod qilish, diqqatni to`plash, aniq reja asosida ishlash.