Ta`limiy o`yin «Qishki o`yinlar» Maqsad: sportning qishki turlari haqida tasavvur hosil qilish, sport jihozlarining ahamiyatini bilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: sportning qishki turlari va sport jihozlari aks etgan belgili yirik (topishmoqli) va kesma kartochkalar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalarga kesma kartochkalar taklif etiladi. Qishki sport turi aks etgan kartochkani to`g`ri tuzish.
Bolalarga qishki sport turi aks etgan kartochkalar taklif etiladi. Bola ushbu sport turiga muvofiq bo`lgan sport jihozi aks etgan kartochkani tanlaydi.
Bolalar sport turlari aks etgan kartochkalarni oladilar va unda qanday sport turi aks etganligini so`zsiz ko`rsatib beradilar.
Qo`shimcha qism:bolalar bilan qish va uning ajoyibotlari, qishki sport turlari haqida suhbatlashish, shu mazmundagi illyustrativ suratlarni ko`rish.
E`tiborga molik jihati: fikrlashni,diqqatni, va harakat faoliyatini rivojlantirish, sog`lom hayot tarziga qiziqish uyg`otish. San`at markazi «Sehrli qish» mvvzusida bolalar chizgan suratlar ko`rik-tanlovi Maqsad: suratning mazmunini qog`ozga tushirish, qog`oz fonini hamda mazmunni uyg`unlashtiruvchi bo`yoqlarni tanlash, qog`ozga suratni joylashtirish. Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, bo`yoq va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:
Qog`oz fonini tanlash.
Surat mazmunini o`ylab topish.
Rasm chizish.
Bolalar ishlarining ko`rgazmasi.
Qo`shimcha qism: tasviriy san`atning turlarini ajratish,
E`tiborga molik jihati: kompozisiyani yaratish.
San`at markazi Loy ishi «Qordan bayram torti» Maqsad: buyumga xos bo`lgan belgilarni berish, qismlarning kattaligiga (hajmiga) ahamiyat berish,qordan tort yasash.