Faoliyatni olib borilishi:
O`yin: «Oziq-ovqat mahsulotlari». Stol ustiga har xil oziq-ovqat mahsulotlari terib qo`yiladi. Bola mahsulotlarni 3ta stolga bo`lib chiqadi va nimagaligini tushintiradi.
Qo`shimcha qism: bolalar bilan ovqatlanish tartibi bo`yicha suhbat o`tkazish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning to`g`ri ovqatlanish, sog`lom mahsulot bo`yicha tasavvurini hosil qilish, bilishga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, faol harakatlanish, o`z sog`lig`i haqida qayg`urishni tarbiyalash va sog`lom hayot olib borishga intilishini mustahkamlash.
Til va nutq markazi
«Sog`lom hayot sari»
Maqsad: sog`lom inson tushunchasini tushunadi, shaxsiy gigiyena ko`nikmalariga ega, sovun, tish pastasi, taroq, sochiqning ahamiyatini biladi, vitaminlar va shamollash kasalliklari haqida tasavvurga ega bo`ladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: quyosh maketi, gigiyena vositalari (sovun, tish cho`tkasi, taroq, sochiq),
Ta`limiy o`yin: «Bizning yordamchilarimiz», mavzuga oid jarayonlar aks etgan syujetli rasmlar, mulyajlar, mahsulotlar to`ldirilgan savat, chiniqtirish uchun jihozlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Ta`limiy o`yin: «Bizning yordamchilarimiz» - bolalarning eshitish, ko`rish, hid bilish va ta`m bilish borasidagi bilimlarini mustahkamlash. Suratlarni aniq belgilariga ko`ra guruhlarga ajratish, bu organlarning inson hayotidagi ahamiyatini bildirish.
Ta`limiy o`yin: «Tartib uzviyligi» - Bolalar syujet aks etgan suratlarni tartib uzviyligida terib chiqishadi va ularning ahamiyatini tushuntiradi. (uyg`onish, yuvinish, badantarbiya, nonushta, o`yin, sayr, tushlik, kunduzgi uyqu, tolma choy, sayr, o`yin va bosh.)
Qo`shimcha qism: shaxsiy gigiyena va kun tartibi qoidalari bo`yicha suhbat.
E`tiborga molik jihati: to`g`ri ovqatlanish, chiniqish, mtm tartibidek uyda ham kun tartibiga rioya qilish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Dostları ilə paylaş: |