«To`g`ri ovqatlanish - sog`liq garovi»
Maqsad: inson salomatligida vitaminlar va to`g`ri ovqatlanishni ahamiyatini biladi, odam sog`ligi to`g`r iovqatlanishga bog`liqligi haqida tushunchaga ega bo`ladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mazmunga oid suratlar, oziq-ovqat mahsulotlari, daraxt va chelak rasmi, sut solingan yopiq stakan, mevalar
(butun, kesilgan, yog`och sixlar, qog`oz sochiqchalar)
Faoliyatni olib borilishi:
Ta`limiy o`yin «Foydali va zararli yemaklar». Foydali yemaklarni daraxtga, zararli yemaklarni chiqindi chelakka solish.
Ta`limiy o`yin «Sabzavot va mevalar». Bolalar sabzavot va mevalarni vitaminlarga ko`ra guruhlarga ajratish.
O`yin: «Sutli mahsulotlar nomini ayt».
Qo`shimcha qism: bolalarning organizmiga foydali ta`sir ko`rsatuvchi vitaminlar, mevalar va sabzavotlar haqida suhbat.
E`tiborga molik jihati: o`z sog`lig`iga e`tibor berish, salomatlikni saqlash bo`yicha oddiy usullarini bilish (fitochoy, chiniqish, badantarbiya)
Ilm-fan va tabiat markazi
Valeologiya bo`yicha ta`limiy o`yin po «Sezgi a`zolar» .
Maqsad: sezgi a`zolarning tuzilishini va ahamiyatini bilishi, shuningdek, xavfli manbaalar, xavfli buyumlar bilan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuga oid suratlar
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar mavzuga oid suratlarni tomosha qilib va sezgi a`zolarning tuzilishi va ahamiyatini so`zlab berishadi.
Ta`limiy o`yin: «Sezgi a`zolari». Bolalar kerakli rasmlarni tanlaydilar. Sening xizmatingda bor besh yordamchi,
Ularni ishlatasan bilmay garchi.
Ko`zlar senga ko`rish uchun berilgan, Quloqlar esa eshitish uchun.
Til so`zlash va ta`m bilishga,
Burun esa hid bilish uchun.
Sen bezovta bo`lmagin hyech,
Ular yordam berar ertayu-kech.
Dostları ilə paylaş: |