E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib ishlash, ishga ijodiy yondashish.
3 HAFTA YaNVAR MAVZU: «MEN VA MENING TANAM» Qurish va yasash markazi Turli elementlardan odamtanasini qurish Maqsad: odam tanasi turli xil va shakldagi hujayralardan tashkil topganligi haqida tushunchaga ega bo`ladi, ish davomida har xil buyumlardan foydalanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar:har xil buyumlar (brosov), har bir bolaga odam tana qismlarini (qog`ozga chizilgan va qirqilgan tayyor materiallar) tarqatish, turli shakl va rangdagi munchoqlar, iplar, rangli qalamlar va h.k.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar inson tanasi aks etgan katta hajmdagi ko`rgazmani tomosha qiladilar. Kim nima bilishini o`zaro o`rtoqlashishadi.
Bolalar odam tanasini qismlarini tomosha qilib va shunga qarab tana azolarini harakatlanadigan qilibodamchani yig`ishadi (tarbiyachi yig`ish chizmasini ko`rsatib berishi mumkin).
Yig`ilgan odamchaga yuz shaklini chizishadi va iplar bilan soch qismini yaaratishadi.
Qo`shimcha qism:inson tanasi ichki a`zolarini tarqatmasi
E`tiborga molik jihati: tasavvur va qo`lning mayda motorikasini rivojlantirish
Qurish va yasash markazi Qurish «Robot-odam» Maqsad: chizma, rasm asosida shuningdek, shaxsiy fikriga ko`ra qura oladi, turlicha hajmdagi katta-kichik shakllarni taniydi, raqamlarni sanashni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: Konstruktorlar, kubiklar, yog`och va yelim modul yig`malar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar bilan Robot-odam qurishni rejalashtirish. Yig`ish uchun kerakli quti va kubiklarni tanlab olish.
Birgalikda qurishadi.
Yig`ilgan robot-odamchaga ism qo`yishadi.
Qo`shimcha qism: robot-odamillyustrasiyasini tmoosha qilish.