Qo`shimcha qism: Qurish va yasash, san`at markazlarida ko`rgazma tashkil etish
E`tiborga molik jihati: bajarilgan ishga mustaqil yondashuv, kayfiyatni ko`tarish va vatanparvarlik hissini rivojlantirish.
San`at markazi
Loy ishi «jonajon Vatanimga dushman qo`rqinchli emas» .
Maqsad: yaratilayotgan obraz orqali insonning fe`l-atvorini ko`rsatib berish, armiya bilan faxrlanish, kuchli, epchil va jasur bo`lishga intilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, ishlash uchun to`shama (doska), maxsus pichoqcha, har xil turdagi harbiylar aks etgan suratlar, harbiy baza maketi.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar suratlar yoki har xil qo`shinlar aks etgan o`yinchoqlarni ko`rib chiqadilar.
Bolalar nima yasashni tanlaydilar.
O`ylaganlarini amalga oshiradi.
Harbiy baza maketini quradi.
Qo`shimcha qism: nafaqat harbiylar balki harbiy texnikalarni yaratish mumkin. lepyat ne tolko voyennmx, no i voyennuyu texniku.
E`tiborga molik jihati: faollik, tashabbusni ko`rsatish, tasavvurdan foydlanish, jonajon yurtiga mexr-muxabbatni tarbiyalash, Vatan himoyachisi bo`lishga qiziqtirish.
San`at markazi
Applikasiya «Vatan himoyachilari kuniga tabriknoma»
Maqsad: O`zbek armiyasi haqida tasavvurga ega bo`lish, Vatan himoyachilari kuni qachon nishonlanishini bilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: rangli qog`oz, karton, illyustrasiya va O`zbek armiyasi mavzusiga oid tabriknomalar, yelim, rangli qalamlar, qaychi, salfetka, taxtachalar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar tayyorlangan tabriknomalarning bir necha nusxasini ko`radilar.
Bayram tabriknomasini tayyorlash.
Qo`shimcha qism: jamoa bo`lib tabriknoma tayyorlash va uni «Ota-onalar uchun ma`lumotlar» burchagiga joylashtirish.
Dostları ilə paylaş: |