«Kerakli tovushdagi so`zni ayt!» .
Maqsad: kerakli tovushdagi so`zni topish, diqqat bilan eshitishni rivojlantirish, xotira, nutq va mantiqiy tafakkur.
Jihoz va materiallar: harflar yoilgan kartochkalar, buyum va hayvonlar aks ettirilgan suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bola harf yozilgan kartochkani olib, harfni aytadi.
Tanlangan harfdan boshlangan o`simlik, qushlar, hayvonlar va buyumlar aks etgan kartochkani oladi.
Harfni va unga tegishli so`zni atadi: «A»- ayiq, «B» - baliq, va h.k.
Qo`shimcha qism: tanlangan harf yordamida so`z tuzish.
E`tiborga molik jihati: harflarga muvofiq buyumlarni mustaqil holda juftini tuzadi.
Fan va tabiat markazi
Quyosh - yorug`lik va issiqlik manbayi.
Maqsad: quyosh nurlarini foydali va zararli jihatlarini, bizning hayotimizdagi ahamiyatini biladi.
Jihoz va materiallar: kichik ko`zgu va nur qaytaruvchi anjom (disklar, yaltiroq qog`oz, metall buyumlar va h.k.)
Faoliyatni olib borilishi:
Xonada quyosh nurlari borligini kuzatish?
Tajriba: «Quyoshli quyoncha»
Ko`zgu yordamida «Quyoshli quyoncha»ni qanday qilib ushlash mumkinligi aks etgan suratni tomosha qilish. Bolalar ham shu jarayonni takroran bajarishga urinib ko`rish.
Nur qaytaruvchi jihozlarni topish, ular yordamida «Quyoshli quyoncha»ni hosil qilishga urinib ko`rish.
«Quyoshli quyoncha»ni hosil qiladigan buyumlarni kuzatuv varaqasiga yozib qo`yish. Qo`shimcha qism: «Quyoshli quyoncha»qo`shig`ini tinglash.
E`tiborga molik jihati: quyoshga tik qarab bo`lmaydi, quyosh tushgan ko`zguni bir- birining ko`ziga qaratib bo`lmaydihayot havfsizligi saboqlari
San`at markazi
Dostları ilə paylaş: |