Qo`shimcha qism: tarbiyachi juftlikda ishlash yoki oilaviy ijro etish uchun turli treninglar taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: hayot va ilmni bir-biriga bog`lash; fikrlash va nutqni rivojlantirish. Hayot xavfsizligi qoidalari.
San`at markazi «Do`stim portreti» noan`anaviy usul asosida chizamiz Maqsad: do`sti portretini chizadi,tashqi ko`rinish xususiyatlariga urg`u beradi; rasmga his-hayajonli kayfiyat bag`ishlaydi; chizishning noan`anaviy usullarini o`zlashtiradi.
Jihoz va materiallar: har xil formatdagi oq va ishlov berilgan qog`oz, guashlar, mo`yqalamlar, paxta disklari (lappaklari), gubkalar va bosqichlarni ko`rsatish uchun tayanch rasmlar.
Faoliyatning borishi: 1. Rasm chizish ketma-ketligini rejalashtirish;
2. Bolalarning ijodiy ishlari;
Bolalarning tayyor rasmlarini muhokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi portretni bezatishni va og`zaki hikoya tuzish taklifini berishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: qahramon bilan ishlashni o`rganadi; tasavvurni va mayda motorikani rivojlantiradi.
Qurish-yasash va matematika markazi Qurilish materiallaridan raqamlar quramiz. Maqsad: qurilish materiallaridan yirik harflar qurish, 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga e`tiborini qaratadi. Geometrik shakllar, o`lchamlar nomlarini biladi va ularni ayta oladi.
Jihoz va materiallar: kubiklar, geometrik shakllar, qurilish bloklari, rasm namunalari.
Faoliyatning borishi: 1. Raqamlar aks etgan rasmlarni ko`rib chiqish va ularning bo`laklarini tahlil qilish;
2. Raqam bo`laklari o`xshashliklarini taqqoslash va ularni to`g`ri ketma-ketlikda joylashtirish;
Yirik raqamlarni qurish va ularni to`g`ri ketma-ketlikda joylashtirish;
Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag`batlantirish.