Rasmlarni tanlashni hamda joylashtirishni davom ettirdilar va ish jarayonida tushuntirib, ta`riflab beradilar (masalan, bu mening bobom, Uning ismi Ibroximov Toxir).
Qo`shimcha qism:bolalar oila haqidagi maqollarni eslaydilar.
E`tiborga molik jihati: o`z oilasining barcha a`zolarini bilishga, gapni to`g`ri tuza olishni bilishi.
SENTYaBR 4 HAFTASI
MEN VA MENING DO`STLARIM Qurilish markazi Domino - «Sehrli raqamlar» Maqsad: 10 gacha bo`lgan son va teskari sanashni biladi, hisob bo`yicha oldingi va keyingi raqamlarni aytgan holda sonlar tartibini tuzadi. Yog`ochdan yasalgan dominodan turli shakllarni yaratadi.
Jihoz va materiallar:yog`och soqqalar, raqamli, shaklli domino, tushirib qoldirilgan joyi mavjud bo`lgan bir qancha raqamlar tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1 dan 10 gacha bo`lgan raqamli dominoni tanlaydilar va ularni tartib bilan terib chiqadilar.
Mavjud bo`lmagan raqamni topib to`ldirish lozim bo`lgan vazifa berilgan kartochkani oladilar.
Raqamlardan domino yasaydilar.
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi raqamlar bilan bog`liq vazifalarni yechishda domino toshlari bilan Qo`shimcha qism o`yinni bolalarga taklif etish mumkin. Hisob 20 gacha.
E`tiborga molik jihati: fikrlash va qo`l motorikasini rivojlantirish, matematik qobiliyatlarni rivojlantirish. Hayot xavfsizligi qoidalari.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi Do`stlar bilan teatrda Maqsad: o`zini teatrda qanday tutish kerakligini biladi. Aktyorlik kasbi. Aktyorlar faoliyati tushunchasiga ega bo`ladi. Muloqot madaniyatining elementar ko`nikma va malakalari shakllangan bo`ladi.