Bolalarning bajargan ishlarini muhokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism:Tarbiyachi bolalarga o`zishlarini kichik (mayda) o`yinchoqlar (mashina, pardalar, mebel, daraxtlar, o`simliklar va boshqalar) bilan to`ldirishni taklif etishi, badiiy so`zlardan foydalanib suhbatlashishi va muloqotni davom ettirishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: qurilish materiali bilan ishlashni bilishi; kerakli yechimni topa bilishi va do`stlarini unga ishontira olishi.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi «Modalar atelyesi» Maqsad: tikuvchi kasbini biluvchi sifatida atelye - so`zi mohiyatini tushunadi. Muloqot madaniyati va estetik ko`nikma va malaka elementlari shakllantiriladi.
Jihoz va materiallar: bolalar tikuv mashinasi, materiallar, santimetr, kiyimlar katalogi, modellar (namunalar) rasmlari, iplar, tugmalar, qaychilar, tasmalar, bezaklar, aksessuarlar (ayrim qismlar).
Faoliyatning borishi:
Bolalar mavzuga oid rasmlar va markaz materiallarini ko`rib chiqishadi.
O`z ishlarini rejalashtirishadi.
O`z tanlovi bo`yicha kiyim andazasini oladi.
Bajarilgan ish taqdim etiladi.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi modalar ko`rgazmasi namoyishini tashkil etishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: bolalar vazifa bo`yicha materiallardan foydalanishni bilishi; estetik va etikaga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Til va muloqot markazi