O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə22/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Jihoz va materiallar: niqoblar,liboslar, atributlar, chiptalar, mavzuga oid rasmlar va foto.
Faoliyatning borishi:
  1. Mavzuga oid rasmlarni ko`rib chiqish;


  2. Bolalarning teatr haqidagi tushunchalarini eshitish;


  3. Bolalarning istak-xohishi bo`yicha rollarni taqsimlash;


  4. Syujetni boyitish.




Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga ko`rgan spektakllaridan parcha o`ynab berishlarini taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: jamoada ishlashni bilishi; bolalarning aktyorlik qobiliyatlarani rivojlantirish. Hayot xavfsizligi qoidalari.
Til va muloqot markazi
Do`sti haqida hikoya
Maqsad: shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya tuzadi; hikoya voqyea va hodisalaridan his-tuyg`uga to`la holda ta`sirlanadi. Hikoya qilib berish jarayonida o`z nutqiga e`tiborli bo`ladi.
Jihoz va materiallar: do`sti fotosurati (mashg`ulotdan oldin bolalardan o`z do`sti yoki dugonasining fotosuratini olib kelishni yoki portret chizishlari so`raladi)
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar do`st haqidagi maqollarni eslaydilar.
  1. Do`sti fotosuratini biri-birlariga ko`rsatishadi va do`sti haqida kichik hikoya tuzadi.




Qo`shimcha qism: do`stlik haqidagi qo`shiqni birgalikda kuylashadi.
E`tiborga molik jihati: hikoya qilish jarayonida bolaning nutqi; suhbat davomida do`stini tinglashni bilishi.
Ilm-tabiat markazi
Guruh tarbiyalanuvchilari ota-onalarini qiziqarli tajribalar o`tkazish uchun taklif qilish
Maqsad: Ota-onalar bilan hamkorlikda tajribalar o`tkazish. Bolada ilmga qiziqishni rivojlantirish.
Jihoz va materiallar: (jihozlar taklif etilgan tajribani hisobga olgan holda tanlanadi)
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar kimning ota-onalari kelganligini bilishadi va ular bilan tanishishadi .
2. Ota-onalar bolalarni tajriba uchun tanlangan asbob-uskunalar bilan tanishtiradilar va olib borilishi lozim bo`lgan ishlar haqida gapirib beradilar.
  1. Tajribalar o`tkazish.


  2. Bolalar mustaqil xulosa chiqaradilar.





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin