O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə30/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Faoliyatning borishi:
  1. Markazdagi materiallarni tomosha qilishadi.


  2. Noa`anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishishadi.


  3. Rasm va tabiiy materialni tanlash.


  4. Bolalarning amaliy ishlari.




Qo`shimcha qism: ko`rgazma tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: mayda motorika va tasavvurning shakllanishiga, gigiyenik normalarga amal qilishi va toza ishlashiga.
Qurish-yasash va matematika markazi
Qog`oz qutidan «qushlar uchun donxo`rak» yasash
Maqsad: karton qog`ozlardan donxo`rak yasash, uning kuz faslidagi vazifasi xaqida so`zlaydi, turli ranglarni tanlaydi va shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar: turli hajmdagi qog`oz qutilar, yelim, skotch, qaychi, o`ram qog`oz, yoki bo`yoqlar.
Faoliyatning borishi:
  1. Bolalar qushlar uchun yasalgan turli xil donxo`raklar rasmlarini tomosha qilishadi.


  2. Ishning bajarilishini bolalar tomonidan rejalashtirilishi.


  3. Donxo`rakni yasash va o`rash.


  4. Donxo`rakning taqdimoti.




Qo`shimcha qism: mustahkamroq donxo`rakchalarni hovlidagi daraxtlarga o`rnatish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlay olishiga, donxo`rakning funksional va xavfsizligiga.
Til va nutq markazi
Mavzuga oid topishmoqlar va tez aytishlar.
Maqsad: diqqati rivojlanadi, faol va faol bo`lmagan nutqi rivojlanadi, tafakkuri, fikrlashi, nutq nafasi shakllanadi, nutqining tempi va ifodaliligi shakllanadi.
Jihoz va materiallar: topishmoq va tez aytishlar bo`yicha rasmlar.
Faoliyatning borishi:
  1. «Qushcha» barmoqlar gimnastikasini o`ynab olish;


  2. Bolalar bir-birlariga topishmoq aytishadi;


  3. AKT yoki rasmlarga qarab ishlash;


  4. Tez aytishlarni takrorlash va butun jamoa bilan o`qish.





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin