Qo`shimcha qism: bolalarga muzdan yasalgan haykallarni tomosha qilishni taklif etish.
E`tiborga molik jihati: tushuntirish va o`tgan tajribani umumlashtirish, tabiat va tabiat hodisalarini sevish va ulardan hayratlanish.
Qurish va yasash markazi «Sport haqidagi rasmni yig`ib chiq» (pazllar) Maqsad: qo`llarningmotorikasini rivojlantirish, e`tiborni jamlash, sportning turli shakllari haqidagi bilimlarni o`zlashtirish, sportga qiziqish va sport bilan shug`ullanish istagini qo`llab-quvvatlash.
Kerakli Jihoz va materiallar:sportga oid rasmlarning pazllari, turli sport shakllari haqidagi rasmlar
Faoliyatning borishi:
Turli sport shakllari haqidagi rasmli kartochkalarni tomosha qilish.
Bolalar pazllarni yig`adi.
Bolalar rasmi hosil bo`lgan sport turining nomini aytadi.
Qo`shimcha qism:bolalar yana qanday sport turlarini bilishini aytib beradi.
E`tiborga molik jihati: so`zlarni to`g`ri tanlash va o`z fikrini ifodalash uchun gap tuzish.
San`at markazi Rasm chizish «Menga qaysi sport turi yoqadi» Maqsad: badiiy ifodalashga qiziqishni oshirish, syujetning asosiy alomatlari, nisbatlar va ranglarni ifodalaydi. Sport turlari haqidagi bilimlarni boyitadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, akvarel bo`yoq, qalamlar, salfetkalar, sportning turli shakllari, musobaqalar haqidagi rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Mavzuli rasmlarni tamosha qilish.
Bolalar o`zlariga qaysi sport turi yoqishini aytishadi va mustaqil ravishda o`z rasmining syujetini tanlaydi.
Bolalarning unumli faoliyati.
Qo`shimcha qism: bolalarning rasmlaridan «Sog`lom tanda - sog` aql» ko`rgazmasini tashkil qilish.
E`tiborga molik jihati: rasm chizish davomida o`z g`oyalarini ifodalanishiga erishish.
Til va nutq markazi