Qo'shimcha qism: yuk mashinasini qurilish materiallaridan ki qutilardan yasash.
E'tiborga molik jihati:matematik bilimlarni mustahkamlash, hajm va miqdorni o'zaro bog'lash.
Syujetli-rolli o'yinlar va drammatizasiyalash markazi
«Non isi» A.Navoiy
Maqsad: A.Navoiyning «Non isi» hikoyasi bilan tanishish. Aktyorlik mahoratni namoyon etish, non va non mahsulotlarini aziz deb tasvirlayotgan so'zlarning ma'nosini anglash.
Jihoz va materiallar: nonlar, savat, shox uchun taxt, kostyumlar, sallalar, stol va ko'rpachalar, dasturxon, gullar.
Faoliyatning borishi: A.Navoiyning “Non isi” hikoyasini eslab gapirib berish.
Qo'shimcha qism: saxna ko'rinishi uchun musiqa jo'rligini taklif etish.
E'tiborga molik jihati: bolalar bir-birlarini o'zaro xurmat qilishlari, muloqot qilishlari, nutq va ijodiy qirralarining rivojlanishi.
Nutq va savodxonlik markazi
Suxbat «Non nimadan tayyorlanadi?»
Maqsad: bug'doy, tegirmon, un, unning xosil bo'lishi kabi so'zlarning ma'nosini biladi. Un mahsulotri turini biladi.
Jihoz va materiallar: don solingan likopchalar (arpa, bug'doy, so'li),un solingan likopcha, nonning turli xil turlari, o'stirilgan so'li doni, “Non qanday paydo bo'lgan” taqdimot.
Faoliyatning borishi: 1.“Non qanday paydo bo'lgan” slayd-taqdimotini ko'rish;
2. Bolalar donlarni ko'rib chiqishadi va nomlarini eslab qolishadi;
3. Mavzuli kartochkalarga qarab bolalar bug'doydan
un xosil bo'lish jarayonlarini aytib berishadi.
Qo'shimcha qism: bolalar undan iborat bo'lgan mahsulotlarni sanab o'tishadi.
E'tiborga molik jihati: nutqning rivojlanganligiga, rasmlarga qarab analiz qilish va kichik hikoyalarni tuza olishiga.