Qo'shimcha qism: Jismoniy tarbiya va sport mavzusida albom tomosha qilishlari mumkun.
E'tiborga molik jihati. Boshqalar fikrini eshitib o'z fikrini bildirishi mumkun..
San'at markazi “Biz futboldamiz” Loy ishi
Maqsad: Yasashning turli usullarini o'zlashtiradi, odam shakli va xarakterini aniq bera oladi. Ma'lum
g'oya asosida syujetni tuza oladi.
Kerakli jixoz va materiallar: “Futbol maydonlari” xaqida sur'atlar, salfetkalar, taxtacha, plastilin.
Faoliyatni borishi: Futbol maydonlari to'g'risida rasmlar ko'rib chiqish (Bunyodkor, Paxtakor, Lokomativ).
Qo'shimcha qism: Bolalarning tayyor ishlaridan umumiy futbol maydonchasini yasash.
E'tiborga molik jihati. Bolalar ijodini va mayda qo'l matorikasini rivojlantirish.
Qurilish konstruktorlash markazi, matematika “Rasmni yig'ish” (nikita kubiklari) Maqsad: Nikita kubiklaridan rasmlarni yig'a oladi, sportga qiziqadi, sport bilan shug'ullanishni istaydi.
Kerakli jixoz va materiallar: Nikita kubiklari, turli sport shakllari xaqidagi rasmlar.
Faoliyatni borishi: Turli sport shakllari xaqidagi rasmni kartochkalarni tomosha qilish.
Nikita kubiklarini yig'ish.
Bolalar xosil bo'lgan sport turini nomini aytishadi.
Qo'shimcha qism: O'yin: “Yana qanday sport turlarini bilasiz?”.
E'tiborga molik jihati. Tengdoshlarini fikrini eshita olishi, o'z fikrini ifodalay olishi.
Syujetli rolli o'yinlar va drammalash Sport maktabi. Maqsad: Sport turlarining nomini biladi. Sportni yaxshi ko'radi.Fikrini jamlab ayta oladi. Qaysi sport
maktabga borishini ayta oladi.