MTM bog'ida tajriba. Piyoz va sarimsoq. Maqsad:Sabzavotlarni ekishniyerni yumshatishni parvarish qilishni bilib oldilar. Sabzavot haqidagi tushunchalari kengaydi. Mexnatga qiziqishlari ortdi.
Kerakli jihoz va materiallar:tuproq to'ldirilgan latok, lapatka, piyoz va sarimsoq aks ettirilgan suratlar leyka, fartuklar.
Faoliyatning borishi: Sabzavotlar ekish haqida suhbat o'tkazishi.
Sabzavotlarni ekish uchun joyni tayyorlashi.
Mustaqil ishlashi.
Piyoz va sarimsoqni o'sishini kuzatish yuzasidan kundalik tutishi.
Qo'shimcha qism:Piyoz va sarimsoq haqida hikoya aytish.
E'tiborga molik jihati: 1.Savollar orqali bilimlarini aniqlashi.
2. Qo'yilgan maqsadga erishish yo'lida faoliyatni to'g'ri rejalashtirish.
San'at markazi
Dekarativ rasm chizish. (ko'zachani bo'yash)
Maqsad:Ranglarni to'g'ri tanlagan xolda ko'zachani bo'yashi, mo'yqalamni to'g'ri ishlatishi, mayda matorikani shakllanishi, o'zbek milliy loydan tayrlanadigan buyumlar haqida bilimga ega bo'lishi.
Kerakli jihoz va materiallar:rangli bo'yoqlar, ko'zacha, mo'yqalam, qog'oz, salfetka.
Faoliyatning borishi: O'zbek milliy buyumlar haqida suhbatlashishi.
Qo'shimcha qism: Milliy naqsh elementlari asosida yaratilgan ko'zachalarni tomosha qilishda (bolalar musiqa sadosi ostida rasm chizadilar).
E'tiborga molik jihati: Bolalarni diqqatini milliy naqsh elementlarining xilma-xilligiga qaratish, ijodiy qobiliyatlarini oshirishi, diqqat, tasavvurlarini shakllanishi.
FEVRAL 2 HAFTASI