Xayot xavsizligi qoidalari” Ijodiy markaz
Rasm Mening sevimli mashinam”
Maqsad: qo'l matorikasi, tasavvuri rivojlangan, mavjud vositalar yordamida rasm chizishni biladi, o'z rasmini tasvirlab beradi.
Jihozlar va materiallar: mashinalar rasmi to'plami, qog'oz, bo'yoq, guash, suv uchun idish, tabiiy materiallar (paxta, quloq tozalagich, paxtali tampon) noan'anaviy rasm chizish uchun.
Faoliyatning borishi:
Mavzu asosida rasmlarni tomosha qilish.
Noan'anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishtirish.
Tabiiy materiallardan mashina rasmining chizmalarini chizish.
Bolalar bilan o'ylab topgan rasmini chizish.
Bolalarning tayyor rasmlarini muxokamasi va rag'batlantirish.
Qo'shimcha: Mavzu asosida she'r yoki qo'shiq aytib berishni tavsiya qilish, ko'rgazma tashkil qilish.
Nimaga e'tibor qaratish kerak:
Gigiyenik me'yorlarga amal qilish va tartibli ishlash uvuvi.
Musiqa va ritmika markazi “Transport tovushlarini tinglash”
Maqsad: Eshituv idroki rivojlangan, transport tovushlarini farqlashi va tasvirlashi mumkin.
Jihozlar va materiallar: transport tovushlari audioyozuvi, quloqchinlar, predmetli rasmlar, o'rgatuvchi multfilmlar.
Faoliyatning borishi:
Turli transport tovushlarini tinglash.
Mos keluvchi tasvirni tanlash.
Ta'lim beruvchi multfilmni ko'rish.
Qo'shimcha: Tarbiyachi bolalar eshitgan tovushlarni takrorlab berishlarni tavsiya etishi mumkin (past baland).
Nimaga e'tibor qaratish kerak:
1. Tarbiyachi bolalarning bir birlariga xurmat bilan qarashiga e'tibor beradi.
Qurish, yasash markazi
Konstruktordan Mashina yasaymiz.
Maqsad: konstruktordan ixtiyoriy mashina yasaydi, mashinaning asosiy qismlarini biladi, turli ranglarni tanlaydi, shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar: konstruktor, geometrik shakllar, lego shakllari.
Faoliyatning borishi:
1. Transport mavzusidagi rasmlarni ko'rish
2. Mashina qurishni bolalar bilan rejalashtirish.
3. Bolalar bilan mashina qurish.
4. Asosiy qisimlarini ishlatilishini nomlash.
Qo'shimcha: Tarbiyachi transport turiga qarab qo'shimchalar qo'shishni, o'ynab berishni tavsiya qilishi mumkin (yuk xaydovchi).
Nimalarga etibor qilish kerak:
Mayda predmetlar bilan ishlash uquvi.
Tasavvurini rivojlantirish.
Til va nutq markazi
Mavzu «Xaydovchi kasbi haqida» suhbat.
Maqsad: Bog'langan nutq, xotirani rivojlantirishi, lug'atni bayitish.
Jihoz va materiallar: predmetli va syujetli rasmlar.
Faoliyatning borishi.
1. illyustrasiyalarni kuzatish.:
2. O'yin qoidasini tarbiyachi tushuntiradi: boshlovchi kartochkada rasmlar ko'rsatadi, bolalar bir marotaba chapak chaladilar, agar rasm Svetoforga oid bo'lsa ikki marta chapak chaladilar, agar rasm yo'lovchiga oid bo'lsa.
3. Xar bir so'zning manosini tushuntirish.
4. Quydagi so'zlar bilan xikoya tuzish: tong, nonushta, bog'chaga olib boradigan yo'l, yo'lak, nonvoyxona, dorixona, chorraha, yer usti o'tish yo'li, svetofor, bolalar bog'chasi.
Qo'shimcha: tarbiyachi nafaqat mavzu bo'yicha so'zlarni mustahkamlaydi, balki bolalarni jamoat joylarida o'zini tutishi qoidalari: yo'l haqini to'lash, kattalarga joy berish va shukabilarni xam mustahkamlaydi.
Nimaga ahamiyat berish lozim:
So'zlarni to'g'ri talaffuz qilishi.
Tasavvurni rivojlantirishi.
Qurish, yasash markazi
Konstruktordan Vertalet yasaymiz.
Maqsad: konstruktordan ixtiyoriy vertalet yasaydi, vertalyotning asosiy qismlarini biladi, turli ranglarni tanlaydi, shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar: konstruktor, geometrik shakllar, lego shakllari.
Faoliyatning borishi:
1. Xavo transport mavzusidagi rasmlarni ko'rish
2. Vertalet qurishni bolalar bilan rejalashtirish.
3. Bolalar bilan vertalet qurish.
4. Asosiy qisimlarini ishlatilishini nomlash.
Qo'shimcha: Tarbiyachi transport turiga qarab qo'shimchalar qo'shishni, o'ynab berishni tavsiya qilishi mumkin.
Nimalarga etibor qilish kerak:
Mayda predmetlar bilan ishlash uquvi.
Tasavvurini rivojlantirish.