O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə70/135
tarix11.07.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#136346
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135
Katta guruh tematika lotincha

San'at markazi.
Mavzu: “Dadamning portreti”.
Maqsad: Rasm chizish uchun mustaqil material tanlaydi. Portretlarni chizish qobiliyatiga ega, tanlangan mavzuni xayolan esga olib uni qog'ozda namayon eta oladi. Ichki kechinmalarini rasmlarga tushirib, muloqotga kirishadi.
Kerakli jihozlar: Turli formatdagi oq qog'ozlar, rangli qalamlar rangli bo'yoqlar, suv, mo'yqalam, salfetka, oilaviy fotosuratlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Namunalarni kuzatish.

  2. Bajarilishi lozim bo'lgan ishni rejalashtirish.

  3. Faoliyati uchun zaruriy jixozlarni tanlash.

  4. Ijodiy ishlash.

  5. Tayyor ishlarga qo'shimcha bezaklar berish.

  6. Faoliyatni yakunlash va taxlil qilish.

Qo'shimcha: bolalar tomonidan chisilgan rasmlar ko'rgazmasini tashkil etish.Tayyor portretlarni dadalariga sovg'a qilish taklifini kiritish.
Aloxida e'tibor qaratiladi: bolada otasiga nisbatan e'tiborning qay darajada ekanligiga, otasining tashqi ko'rinishidagi jixatlariga to'xtalishi.


Qurish-yasash va matematika markazi.
Mavzu: “Xarbiy xizmat texnik vositalari uchun turargox qurish”.
Maqsad: Xarbiy qism turargoxlarining oddiy turargoxlardan farqlarini biladi,turargoxlarni yasashda qattiq va chidamli, suv o'tmaydigan, o'tda yonmaydigan jixozlardan qurish kerak ekanligini biladi, aniq chamalaydi, qurish va yasash malakalari rivojlanadi.
Kerakli jixozlar: Namuna, mavzu asosida rasmlar, kubik, lego, xarbiy xizmat texnik vositalari.
Faoliyatning borishi:

  1. Mavzu asosidagirasmlarni tomosha qilish.

  2. Ko'rgan namuna va rasmlar asosida reja tuzish.

  3. Kerakli jixozlarni tanlash.

  4. Faoliyatni boshlash.

  5. Tayyor ishlarni muxokama qilish va boshqalari bilan solishtirish.

Qo'shimcha: Tayyor turargoxlarga guruxdagi jixozlarni joylab ko'rish. Turargoxning qay darajada mustaxkam ekanligini sinash.
Etiborga molik jixati: Qattiq, chidamli, suvda cho'kmas, o'tta yonmas iboralarini bola ongiga ta'siri va uni ajrata olish malakasiga.


Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish.
Mavzu:“Chavondozlar” o'yini
Maqsad: Chavandoz kimligi haqida tushunchaga ega, epchil va chaqqon xarakatlanadi, ot sport turi bilan tanish.
Kerakli jihozlar: Yog'och otalar, AKT vositalari, chavondozlar tasvirlangan rasm, xipchin, belbog', bosh kiyim.
Faoliyatning borishi:

  1. AKT vositasi orqali o'yin shartlari bilan tanishish

  2. Sanamalar sanash.

  3. Rollarni belgilash.

  4. Signalga rioya etgan holda o'ynash.

  5. O'yin xaqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashish.

Qo'shimcha: Bolalar biri-birlari bilan o'rin almashishi mumkin, sport musobaqalarida shu shartni kiritish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalar jamoa bo'lib do'stona o'ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o'ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.

Mavzu: “Biz dengizchilar” o'yini


Maqsad: Dengizchilar kimlar degan savolga javob beradi, bola lug'atiga yangi so'zlar kiradi (kapitan, bosman, aloqachi), suv transporti turlarini ajrata oladi, suv dunyosi bilan tanish.
Kerakli jihozlar: Dengizchilar kiyimi va bosh kiyimlari, durbin, qurol, shturval (rul), langar (yakor).Dengizchilar aks etgan suratlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rollarni taqsimlash.

  2. Taqsimlangan rollar asosida kiyinish.

  3. O'yinni rejalashtirish.

  4. O'ynni boshlash.

  5. O'yin yakunida o'zaro suxbat.

Qo'imcha: Yerdagi arqonning ustidan ko'zlar bog'langan holda muvozanat saqlab yurish. “Dengizchi itlar” multfilmini namoyish etish.
Til va nutq.
Mavzu:AKT orqali armiyaga sayoxat.
Maqsad: Xizmatdagi askarlar xayoti bilan tanish, ularning kun davomida olib boradigan faoliyatlari xaqida tushunchalarga ega, ko'rgan vedeorolikni nutqida bayon eta oladi, xotira va diqqati rivojlanadi.
Kerakli jixozlar:Mavzu asosida DVD disklar.
Faoliyatning borishi:

  1. Videorolikni tomosha qilish.

  2. Tasvirlangan xodisalarni taxlil qilish.

  3. Ko'rganlari asosida askarlar hayotidan qisqa xikoya tuzib berish.

Qo'shimcha: «Askarlar» syujetli-rolli o'yinini o'ynash.
Aloxida e'tibor qaratiladi: Voqyea-xodisaga nisbatan munosabati, mustaqil xikoya tuzish malakasini shakllanganligi.



Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin