O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə67/135
tarix11.07.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#136346
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135
Katta guruh tematika lotincha

Musiqa va ritmika markazi
Mavzu: “Biz qishdan xursandmiz” Ko'ngil ochar soat.
Maqsad: AKT orqali yangrayotgan qish to'g'risidagi musiqa va qo'shiqlarni tinglaydi, raqsga tushadi va o'zini qishgi o'rmonlarda yurgandek his qiladi.
Kerakli jihozlar: DVD , qish fasli haqidagi kuy va qo'shiqlar yozilgan fleshka, archa bayrami uchun tayyorlangan jihozlar.
Faoliyatning borishi:
1.Bolalar uchun tayyorlangan musiqa va qo'shiqlardan iborat fleshkani DVD orqali qo'yib berish;
2. ko'ngil ochish vaqtini tashkil etish uchun joy xozirlash;
3.ertak qaxramonlari obrazlarini tanlash;
4. Musiqa ostida unga mos harakatlarni bajarish.
Qo'shimcha:

  1. b


Qurish-yasash va matematika markazi.
Mavzu: Qurish-yasash jamlammasidan «Sirpanchiq», «Qishki o'yingox».
Maqsad: Qurish-yasash jamlammalaridan qishki o'yingoh va sirpanchiq qura oladi,qurish-yasash jamlanmalarini katta va kichik xajmlarini ajrata oladi va to'g'ri tartibda ustma-ust tartibda taxlaydi.Qishki o'yingohdagi o'yin anjomlarini biladi va farqlaydi.
Kerakli jixozlar: Namuna, mavzu asosidagi rasmlar, qurish-yasash jamlanmasi, turli konstruktorlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Qish faslidagi o'yin anjomlari tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish.

  2. Qishki o'yingoxni taxminiy rejasini tuzish.

  3. Kerakli jixozlarni tanlash.

  4. Faoliyatni boshlash.

  5. Tayyor bo'lgan ishni taxlil qilish va nomlash.

Qo'shimcha: Muassasa xovlisida chana uchish.
Aloxida e'tibor qaratiladi: Qurish-yasash malakalarini shakllanganligi, jixozlarni to'g'ri tanlashi, bajarilishi lozim bo'lgan ishni to'g'ri rejalashtirishi.


Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish.
Mavzu:«Qorqiz bolalar bilan mehmonda».
Maqsad: Qish faslida nishonlanadigan bayramlar xaqida ma'lumotga ega, bayramda ertak qaxramonlarini taniydi.
Kerakli jixozlar: Qorqiz kiymi, yangi yil bayrami tasvirlangan rasmlar, archa, bayram stoli, archa o'yinchoqlari va turli xildagi buyumlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rollarni tanlab olish.

  3. O'yinni borishini rejalashtirish.

  4. O'yin voqyea-xodisalarini saxnalashtirish.

  5. O'yinni yakunlash va taxlil qilish.

Qo'shimcha: «Archa atrofida» ashula kuylash, mavzular asosida rasmlar chizish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Xayotiy voqyealarni bola ongiga ta'siri va uni shu o'yinda aks etirishi.

Mavzu:«Mening oilam».


Maqsad: Oilada turmush tarzi qanday tashkil etilganligi, oila byudjeti, oiladagi o'zaro munosabatlarni, xamkorlikdagi yutuqlarini nima ekanligi xaqidagi bilimlari shakllanadi. Oiladagilariga nisbatan mexr uygonadi, o'z xoxshiga ko'ra oila a'zolari uchun g'amxo'rlik qiladi.
Kerakli jixozlar: Uy jixozlari jamlanmasi, qo'g'irchoq, oila burchagidagi buyumlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rollarni tanlab olish.

  2. Mavjud jixozlarni o'z xoxshiga ko'ra joylashtirish.

  3. O'yinni borishini rejalashtirish.

  4. O'yin davomida dasturxon yozish.

  5. Uy ishlarini bajarish (supirish, changlardan tozalash).

  6. Mehmon kutish.

  7. O'yinni yakunlash.

Qo'shimcha: Mening oilam mavzusida rasm chizish. Oilaviy sur'atlarini olib kelishlarini taklif etish va sur'at asosida xikoya tuzish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Xar bir qaxramonni majburiyatlarini qay darajada ijro etayotganligi. O'yin mobaynida tengdoshlar bilan xamjixatlikni ta'minlanganligi.
Mavzu:«Yangi yil o'yinchoqlari do'koni»
Maqsad:Jamoaviy o'yinlarda faol ishtirok etadi. O'z rolini to'g'ri va aniq ijro eta oladi. Do'stlari bilan kelishgan xolda o'yinni rejalashtiradi. Boshqa qaxramonlarning ijrosini muxokama qiladi va o'z fikrini bildiradi.
Kerakli jixozlar: Do'kon maketi, sotuvchi kiymi, archa o'yinchoqlari, xarid uchun pul va plastik kartalar, archa, savat.
Faoliyatning borishi:

  1. Bezatilagn archani tomosha qilish.

  2. Rollarni taqsimlash.

  3. Qaxramonlar kiyimlarini kiyish va o'z joylarini egallash.

  4. Do'konda muloqotga kirishish.

  5. Xaridni amalga oshirish.

  6. Xarid qilingan o'yinchoqlar bilan archani bezatish.

  7. Do'stlari bilan bezatilgan archani tmosha qilish.

Qo'shimcha: AKT vositalari orqali qisqa metrajli filmlarni namoish etish.
Alohida e'tibor qaratiladi:Sotuvchi kasbi xaqidagi bilimlariga, matematik bilimlarini egallanganligiga, did bilan bezatilishi.



Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin