O'zbekiston o'simlik barglaridan foydalanib rasmga dekorativ naqsh bezaklarni berishni bilish,mo'yqalamni uchini to'g'ri,gajak,to'lkinsimon,doira,nuqtali
Maqsad:ko'prik qurishni rejalashtirishni biladilar shu reja asosida ko'prikni quradilar, katta kichik qurilish materiallarini o'z joyida ishlatishni biladilar. Yangi so'zlarini tushinadilar (viyaduk, estakada).
Jihoz va materiallar:turli xildagi qurilish materiallari konstruktor moduli, qurilish xom ashyolari.
Faoliyatning borishi: Turli xil ko'priklar aks etgan suratlarni tomosha qiladilar;
Ko'priklar qanday bo'lishi va qurilishi haqida tushunchaga ega bo'ladilar;
Jamoada ko'prik qurishni biladilar;
Qo'shimcha qism: Katta kichik ko'priklarni qurish.
E'tiborga molik jihati:
Qurilish jarayonida mayda matorikani rivojlanishi, bog'langan nutqni shakllanishi, so'z boyligi ortishi, ko'prik haqida tushunchaga ega bo'lishi.
Syujetli rolli o'yinlar va dramotizasiyalash markazi
«Pochta»
Maqsad:kasblar haqida bilimga ega bo'ladi, rasmlar orqali so'z boyligi ortadi, mahsus hujjatlar bo'lishini biladi.
Jihoz va materiallar; Pochtalon sumkasi, maxsus kiyimi pochta qutisi, konvert, xabarnoma qog'ozi, ruchka.
Faoliyatning borishi: “Pochta”xodimi bilan tanishadi;
O'yinni rejalashtiradi.
Rollarni taqsimlaydi.
O'yinni olib boradi
Pochta she'rini yodolib beradi.
E'tiborga molik jihati: Pochta xodimi vazifasini bilishi, savol javob muloqati orqali nutqlari shakllanishi.
Yangi so'zlarni bilishi.
Kasbga qiziqishlarini ortirish.
Til va nutq markazi
Shaxarning diqqatga sazovar joylari aks etgan suratlarga qarab xikoya tuzish.
Maqsad:O'z shahrini illyustra orqali tanishi, shaxarning diqqatga sazvor joylarini bilishi, diqqat, xotira, tafakkurlarini shakllanishi va nutqlarini rivojlanishi.
Jihoz va materiallar:AKT, rasmli kartochkalar, kesma kartochkalar.
Faoliyatning borishi: Shaharning diqqatga sazovor joylarini kuzatishi.
Mavzuga oid suratlar orqali gaplar tuzishi.
Qisqa hikoya qilib berishi.
Shahar haqidagi tasavvurlarini shakllanishi.
Qo'shimcha qism: Diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish.
E'tiborga molik jihati:diqqatga sazovar joylari aks etgan suratlar orqali hikoya tuza olishi diqqat, xotira, tafakkur va nutqlarini rivojlantirish.
Ilm va tabiat markazi
Qurilmani platformaga joylashtirib chidamlilikka sinovdan o'tkazish (har xil kuchda). Maqsad: qurilmani joylashtirishda to'g'riligini bilishlari, o'lchamini to'g'ri o'lchab joylashlarini bilishlari. Ushlab ko'rib sinovdan o'tkazishlari.
Jihoz va materiallar:qurilish xom-ashyolari, qurilgan bino turishi uchun platforma, baland binolar aks etgan suratlar.
Faoliyatning borishi: Qurilgan inshoatlar tasvirlangan suratlarni ko'rishi;
Inshoaatlarni qurishi.
Binoni chidamlilikka tekshirish (turli kuch bilan).
Sinovdan o'tkazilishi.
Qo'shimcha qism: zilzila vaqtida o'zini tutish qoidalarini mustahkamlash.
E'tiborga molik jihati: BHX bilishi.