Qog`ozdan «Samolyot» yasash Maqsad: chizma bo`yicha ishlash ko`nikmasini shakllantirish, mayda motorikani rivojlantirish, samolyot turlari va uning ahamiyatini biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: A4 formatidagi qog`oz,samolyotni yasash algoritmi Faoliyatni olib borilishi: Samolyot haqida topishmoq.
«Samolyotqushdan nimasi bilan farq qiladi?». Samolyotni yasash algoritmi bo`yicha tarbiyachi ko`rsatmasi.
Samolyotni mustaqil bajarish.
Samolyotni uchirib ko`rish.
Qo`shimcha qism:bolalardan o`zlarining samolyotlarida qayerga uchishni hoxlashlarini so`rash.
E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib ishlash, mas`uliyat hissini tarbiyalash.
Qurish va yasash markazi «Eyfelminorasi» (qurilish materiallaridan) Maqsad: surat va chizmaga qarab, shaxsiy fikriga asoslanib minorani qurish, shakllar katta kichikligini ajratadi, sanoq va hisobni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar:kubiklar, geometrik shakllar, yog`och va yelim konstruktorlar yig`masi; tabiiy xomashyolar, bezash uchun to`plam, suratlar.
Faoliyatni olib borilishi: Eyfel minorasi aks etgan suratlarni tomosha qilish.
Bolalar bilan qurilishni rejalashtirish.
Qurish - yasash ishlari.
Bolalarning ishlarini muhokama iqlish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: videofilm qo`yib berish.
E`tiborga molik jihati: Ijobiy tasavvurni rivojlantirish, vazifalarni taqsimlash.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi Dramalashtirilgan o`yin «Non isi» Maqsad: dramalashtirilgan o`yinda erkin non isini qahramonlarini fe`l -atvorini tushunadi, kompozisiyaning o`ziga xosligini his qiladi.