Faoliyatni olib borilishi: O`yin qoidalari bilan tanishish.
Rollarni taqsimlash;
O`yin rejasini tuzish.
Xulosa qilish: bolalar fikriga ko`ra amalga oshmagan holatlarni muhokama qilish, o`yindan tassurotlarini so`zlash, bolalar yana o`ynashni hoxlaydilarmi?
Qo`shimcha qism:MTMning tibbiyot xonasiga va dorixonaga ekskursiya uyushtirish.
E`tiborga molik jihati: o`yinda hamkorlariga nisbatan do`stona muloqatda bo`lish.
Ilm-fan va tabiat markazi Ohanrabo (magnit) bilan tajriba. «Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?», «Qanday qilib suv solingan stakandan qo`lni ho`l qilmay tangani olish mumkin?» «Raqsga tushayotgan qistirgich» - stol tagida ohanrabo (magnit) yurgizish.
Maqsad:Ohanrabo (magnit)ning xusuiyatlari bilan tanishish, buyumni o`rganib, tajriba o`tkazish, ilmiy farazlarni o`rganib, xulosalar qilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: yog`ochdan yasalgan buyumlar, temir buyumlar, plastmass, po`lat, qog`oz; ohanrabo (magnit).
Faoliyatni olib borilishi: Ohanrabo (magnit) - kundalik hayotimizning bir
qismidir.
tajriba «Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?»
Tajriba o`tkazishda hamma buyumlarni ikki guruhga ajratish: temir va temir bo`lmagan buyumlar. Navbat bilan ohanraboni birinchi va ikkinchi guruh buyumlariga yaqinlashtiriladi. Shunda aniqlanadiki, temir bo`lmagan buyumlarni oxanrabo o`ziga tortmaydi, biroq, temir buyumlar oxanraboga darrov yopishadi, ba`zilari esa uni tortish kuchini sezmaydi.
Xulosalar: oxanrabo po`lat, nikel, temir va shunga o`xshash buyumlarni o`ziga tortadi, yog`och, plastmassa, qog`oz, matoni tortmaydi.
tajriba «Qanday qilib suv solingan stakandan qo`lni ho`l qilmay tangani olish mumkin?»
Maqsad: bolalarni oxanraboning suvdagi xususiyatlari bilan tanishtirishda davom etish.