Kerakli Jihoz va materiallar: suv uchun stakan, sochiqcha, qog`oz.
Faoliyatni olib borilishi:
«Registon maydoni»ni suratlarini tomosha qilish (AKT yordamida)
Rasm chizish tartibini ko`rsatib, tushuntiib berish.
Bolalarning ijodiy faoliyati .
Bolalar ishlarini ko`rgazmasi.
Faoliyatni yakunlash.
Qo`shimcha qism: Sharq arxitekturasi albomini tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: suratni qog`ozning bor hajmiga joylashtirishga rioya etish.
FEVRAL TO`RTINChI HAFTA
MAVZU: «KITOBLAR TARIXI»
Qurish va yasash markazi
Qog`ozdan yasash «O`z qo`llaring bilan kitobcha yarat»
Maqsad: qog`ozni markazdan buklash yo`li orqali kitobcha yaratish, butun qog`ozlarni jamlash. Kitobchanikesilgan shaxsiy suratlar bilan ijodiy bezash. Mehnat faoliyati orqali kitoblarga hurmat xissini uyg`otish.
Kerakli Jihoz va materiallar: A-4 hajmdagi qog`oz, rangli qog`ozlar, suratlar, qaychilar, yelim, sochiqcha, flomasterlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Kitoblarni tomosha qilish. Suhbat.
Tayyorlangan kitobchalarni namunasini ko`rsatish.
Bolalarni ijodiy faoliyati.
Faoliyatni yakunlash.
Qurish va yasash markazi
Mavzu: «Ertaknomo shahar» qurilish materiallaridan qurish
Maqsad: shaxsiy tashabbusga ko`ra ijodiy inshootlarni qurish, ularni yangi qismlar bilan to`ldirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: turli shakldagi qurilish ashyolari, Qo`shimcha qism xomashyolar (daraxt, mayda o`yinchoqlar, namunlar, qurilmalar).
Faoliyatni olib borilishi:
Tashkiliy qism: «Bolalar, bugun bu yerga ertaklar mamlakatidan ertak qahramonlari uchib kelishibdi, ular bizdan uy qurib berishimizni so`rashyapti.Keling, ularga ertaklar saro`yini qurishda yordamlashamiz.
Ishda qanday materiallardan foydalanishingizni ayting? (Brus, har xil uzunlikdagi g`ishtchalar, silindrlar, prizmlar, plastinlar, arka va bosh). Unutmang, sizning qurilmangiz qulay, mustahkam va chiroyli bo`lishi kerak, ishni boshlang.
Bolalarni ijodiy faoliyati.
Faoliyatni yakunlash.
Dostları ilə paylaş: |