«Biz - quvnoq bog`bonlarmiz» Maqsad: xohishiga ko`ra o`ziga rol ajratish, o`zining rolida faol bo`lish, qahramonning hatti harakatlarini emosional namoyish etib berish.
Kerakli Jihoz va materiallar: bog`bon kiyimi, sabzavotlar mulyaji, mavzuga oida suratlar.
Faoliyatni olib borilishi: Suhbat, savol va javoblar.
O`yin qoidalari bilan tanishish.
O`yinni olib borish.
Bolalar ishlari muhokamasi v rag`batlantirish
Qo`shimcha qism:o`yinda qo`shimcha ashyolardan foydalanish mumkin (fishka, suratlar va bosh.)
E`tiborga molik jihati: nutqni rivojlantirish; jamoada emosional muhitni ushlab turish; hayot havfsizligi saboqlari.
Til va nutq markazi «Gullaydigan daraxtlar» illyustrasiyalarni ko`zdan kechirish Maqsad: To`g`ri nutqni rivojlantirish, kattalarning savollariga javob berish, tabiatdagi chiroyli manzarani ko`ra olish, taqqoslash. So`z boyligini oshirish.
Kerakli Jihoz va materiallar:mavzuga oida suratlar, qog`oz, rangli qalamlar.
Faoliyatni olib borilishi: Gullagan daraxt illyustrasiyasini tomosha qilish.
Shukur Sa`dullaning «Bahor» she`rini o`qish.
Bolalar ishlari muhokamasi v rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: akvarel bo`yoq bilan ishlashni taklif etish mumkin.
E`tiborga molik jihati: Tasavvurni rivojlantirish;
Fan va tabiat markazi «Hidiga ko`ra top» Gullar ifori. Maqsad: bolaiforni his qiladi va manbaasini ayta oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: gullar, ifor vositasi (Atir), «Gullar» suratlari, idishlar.
Faoliyatni olib borilishi: «Gullar» mavzusiga oid suratlarni tomosha qilish.