«Raketa» yig`ish Maqsad: ijodiy tasavvurlari, fantaziyasi, badiiy-estetik didning o`ziga xos tuzilmaviyligi rivojlanadi.
Kerakli jihozlar va materiallar: qurilish bloklari, lego, konstruktorlar
Faoliyatni olib borilishi: «Biz raketa quryapmiz» mavzusida rasmlarni tomosha qilish;
Bolalar tomonidan raketani qurish rejasini tuzish;
Raketani qurish jarayonini amalga oshirish;
Bolalarning faoliyat mahsulini ko`rib chiqish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism:Raketa haqidagi she`rni o`qib berish
E`tiborga molik jihatlari: Bolalarning jamoada ishlash ko`nikmasi rivojiga;
Tasavvurlarni rivojlanishi;
Hayot havfsizligi saboqlari.
Qurish-yasash va matematika markazi «Kosmodrom» quramiz Maqsad: «Kosmodrom» haqida soddabilimlarga ega, qurishni amalga oshirish vaqtida ijodkorlikni namoyon qiladi. Kosmonavtika, kosmik fazo haqidagi, quyosh tizimidagi sayyoralar to`g`risidagi ma`lumotlarga qiziqadi.
Kerakli jihozlar va materiallar: mavzuga mos rasmlar, AKT va materiallari
Faoliyatning borishi: «Kosmodrom» haqidagi slayd yoki videomaterialning namoyishi;
Bolalar tomonidan «Kosmodrom» qurilishini loyihalashtirish;
«Kosmodrom»ni qurish jarayonini amalga oshirish;
Bolalar faoliyati mahsulini muxokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga Abu Rayxon Beruniy, uning hayoti va erishgan yutuqlari to`g`risidagi slayd taqdimoti namoyishini taklif etishi, «globus», «yulduzlar turkumi» kabi tushunchalarni tushuntirishi va topishmoq topishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: Jamoada ishlay olish malakasining shaklanishiga:
Nutq va tasavvurlarining rivojlanishiga;
Bolalarning ijodi mahsulini muxokama qilish va rag`batlantirishga;