E`tiborga molik jihati: ilm va turmushni bog`lay olishi, nutq va tafakkurining rivojlanishiga.OBJ.
San`at markazi
Tabiiy materialdan bostirib chizish.
Maqsad: qo`l motorikasini, tafakkurini rivojlantiradi, qo`l ostidagi narsalardan foydalanib chizish ko`nikmasini egallaydi.
Jihoz va materiallar: qushlar rasmlari jamlanmasi, qog`oz, bo`yoqlar, noan`anaviy rasm chizish uchun tabiiy materiallar(patlar, bargchalar, paxta, shoxlar va dub daraxti mevasi (yong`og`i).
Faoliyatning borishi:
Markazdagi materiallarni tomosha qilishadi.
Noa`anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishishadi.
Rasm va tabiiy materialni tanlash.
Bolalarning amaliy ishlari.
Qo`shimcha qism: ko`rgazma tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: mayda motorika va tasavvurning shakllanishiga, gigiyenik normalarga amal qilishi va toza ishlashiga.
Qurish-yasash va matematika markazi
Qog`oz qutidan «qushlar uchun donxo`rak» yasash
Maqsad: karton qog`ozlardan donxo`rak yasash, uning kuz faslidagi vazifasi xaqida so`zlaydi, turli ranglarni tanlaydi va shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar: turli hajmdagi qog`oz qutilar, yelim, skotch, qaychi, o`ram qog`oz, yoki bo`yoqlar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar qushlar uchun yasalgan turli xil donxo`raklar rasmlarini tomosha qilishadi.
Ishning bajarilishini bolalar tomonidan rejalashtirilishi.
Donxo`rakni yasash va o`rash.
Donxo`rakning taqdimoti.
Qo`shimcha qism: mustahkamroq donxo`rakchalarni hovlidagi daraxtlarga o`rnatish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlay olishiga, donxo`rakning funksional va xavfsizligiga.
Til va nutq markazi
Mavzuga oid topishmoqlar va tez aytishlar.
Maqsad: diqqati rivojlanadi, faol va faol bo`lmagan nutqi rivojlanadi, tafakkuri, fikrlashi, nutq nafasi shakllanadi, nutqining tempi va ifodaliligi shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |