O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə147/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

«Biz - quvnoq bog`bonlarmiz»
Maqsad: xohishiga ko`ra o`ziga rol ajratish, o`zining rolida faol bo`lish, qahramonning hatti harakatlarini emosional namoyish etib berish.
Kerakli Jihoz va materiallar: bog`bon kiyimi, sabzavotlar mulyaji, mavzuga oida suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Suhbat, savol va javoblar.

  2. O`yin qoidalari bilan tanishish.

  3. O`yinni olib borish.

  4. Bolalar ishlari muhokamasi v rag`batlantirish

Qo`shimcha qism: o`yinda qo`shimcha ashyolardan foydalanish mumkin (fishka, suratlar va bosh.)
E`tiborga molik jihati: nutqni rivojlantirish; jamoada emosional muhitni ushlab turish; hayot havfsizligi saboqlari.
Til va nutq markazi
«Gullaydigan daraxtlar» illyustrasiyalarni ko`zdan kechirish
Maqsad: To`g`ri nutqni rivojlantirish, kattalarning savollariga javob berish, tabiatdagi chiroyli manzarani ko`ra olish, taqqoslash. So`z boyligini oshirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuga oida suratlar, qog`oz, rangli qalamlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Gullagan daraxt illyustrasiyasini tomosha qilish.

  2. Shukur Sa`dullaning «Bahor» she`rini o`qish.

  3. Bolalar ishlari muhokamasi v rag`batlantirish

Qo`shimcha qism: akvarel bo`yoq bilan ishlashni taklif etish mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Tasavvurni rivojlantirish;

  2. Yo`naltirilgan nutqni eshitish va tushunish;

  3. Hayot havfsizligi saboqlari.

Fan va tabiat markazi
«Hidiga ko`ra top» Gullar ifori.
Maqsad: bolaiforni his qiladi va manbaasini ayta oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: gullar, ifor vositasi (Atir), «Gullar» suratlari, idishlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. «Gullar» mavzusiga oid suratlarni tomosha qilish.

  2. Faoliyatni rejalashtirish-iforni ta`riflash (o`tkir, yumshoq, yoqimli).

  3. Mevalar iforini eslatuvchi gullarning iforini topish

  4. Bolalar ishlari muhokamasi v rag`batlantirish


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin