O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə149/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

«Raketa» yig`ish
Maqsad: ijodiy tasavvurlari, fantaziyasi, badiiy-estetik didning o`ziga xos tuzilmaviyligi rivojlanadi.
Kerakli jihozlar va materiallar: qurilish bloklari, lego, konstruktorlar
Faoliyatni olib borilishi:

  1. «Biz raketa quryapmiz» mavzusida rasmlarni tomosha qilish;

  2. Bolalar tomonidan raketani qurish rejasini tuzish;

  3. Raketani qurish jarayonini amalga oshirish;

  4. Bolalarning faoliyat mahsulini ko`rib chiqish va rag`batlantirish.

Qo`shimcha qism: Raketa haqidagi she`rni o`qib berish
E`tiborga molik jihatlari:

  1. Bolalarning jamoada ishlash ko`nikmasi rivojiga;

  2. Tasavvurlarni rivojlanishi;

  3. Hayot havfsizligi saboqlari.

Qurish-yasash va matematika markazi
«Kosmodrom» quramiz
Maqsad: «Kosmodrom» haqida soddabilimlarga ega, qurishni amalga oshirish vaqtida ijodkorlikni namoyon qiladi. Kosmonavtika, kosmik fazo haqidagi, quyosh tizimidagi sayyoralar to`g`risidagi ma`lumotlarga qiziqadi.
Kerakli jihozlar va materiallar: mavzuga mos rasmlar, AKT va materiallari
Faoliyatning borishi:

  1. «Kosmodrom» haqidagi slayd yoki videomaterialning namoyishi;

  2. Bolalar tomonidan «Kosmodrom» qurilishini loyihalashtirish;

  3. «Kosmodrom»ni qurish jarayonini amalga oshirish;

  4. Bolalar faoliyati mahsulini muxokama qilish va rag`batlantirish.

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga Abu Rayxon Beruniy, uning hayoti va erishgan yutuqlari to`g`risidagi slayd taqdimoti namoyishini taklif etishi, «globus», «yulduzlar turkumi» kabi tushunchalarni tushuntirishi va topishmoq topishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Jamoada ishlay olish malakasining shaklanishiga:

  2. Nutq va tasavvurlarining rivojlanishiga;

  3. Bolalarning ijodi mahsulini muxokama qilish va rag`batlantirishga;

  4. Hayot havfsizligi saboqlarining bajarilishiga.

Syujetli-roli o`yinlar va Dramatizasiya

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin