O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə64/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Bayramona uy
Maqsad: qurilish materiallaridan uy qurish. Bolalarda bir butunni ko`rish, qismlarni farqlash qobiliyatini rivojlantirish (kub, silindr, piramida, konus)
Kerakli Jihoz va materiallar: qurilish to`plami , lego, rasmlar. Faoliyatning borishi:

  1. Mavzuga doir rasmlarni ko`zdan kechirish.

  2. Bolalar bilan birgalikda bayramona uyni qurishni rejalashtirish.

  3. Bolalar tomonidan uyni qurish.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga uyni bezash uchun shakli va uslubiga ko`ra tayyor materiallarni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Umumiy natijalarga va boshqa bolalarning natijalariga quvonish .

  2. Ziyraklikni, fantaziyani rivojlantirish.

Syujetli-rolli o`yinlar va Drammalashtirish
«Qor qiz» ertagining drammalashtirilgan o`yini.
Maqsad: o`rtoqlariga «Qor qiz» ertagini mustaqil qayta hikoya qiladi, drammalashtirishda ishtirok etadi. Ertak qahramonlarining hissiyotlarini tushunadi va so`zlaydi. Nutq rivojlanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Qor qiz» ertagining kitobi,ertak qahramonlarining kiyimlari, ertakka doiratributlar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Qor qiz» ertagining kitobini ko`zdan kechirish.

  2. Bolalar tomonidan ertak qahramonlarini taqsimlash.

  3. Bolalar tomonidan ertak epizodlarini tanlash.

  4. Ertakni sahnalashtirish.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga ertakka musiqiy jo`rlikni taklif etishi yoki «Qor qiz» badiiy filmidan lavhalarni ko`rishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Tengdoshlar bilan muloqot qilish, o`z hatti harakatlarini boshqa bolalarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish.

  2. Badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqishni tarbiyalash, ertak qahramonlarini, ularning harakatlari baholay bilish ko`nikmasini shakllantirish.

Nutq va til markazi

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin