O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə66/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Faoliyatning borishi:

  1. Qishga oid rasmlarni ko`zdan kechirish.

  2. Bolalar tomonidan rasmning mazmuni, syujetini aniqlash;

  3. Bolalarning ishlari.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga tabiat burchagini o`z chizgan rasmlari bilan bezatib qo`yishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: o`ziga bo`lgan ishonchni, tashabbuskorlikni , bolalarning ijodiy fikrlarini qo`llab quvvatlash.
San`at markazi
«Biz qishda sayrda» loy ishi
Maqsad: loy bilan ishlashning turli usullarini egallaydi, inson shakli va harakatlarini, ularning harakterli belgilarini, nisbatini yanada aniq ifodalaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, salfetka, steklar, taxtachalar, «Qishki maydoncha»
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar o`yinchoq qo`g`irchoqchalar qatnashuvchi o`yin syujetlarini o`ylab topadilar, plastilinning tegishli rangini tanlaydilar.

  2. Bolalarning produktiv faoliyati

  3. Bolalar «Qishki maydoncha»ga figuralarni o`rnatadilar.

Qo`shimcha qism: tarbiyachimaydonchada ko`shimcha o`rindiq, arg`imchoqlarni o`rnatishni taklif qiladi.
E`tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatni, barmoqlarning mayda
motorikasini rivojlantirish.
Nutq va til markazi
«Qish haqidagi rasmni jamla» (pazllar) didaktik o`yini.
Maqsad: fikrni ifodalash uchun eng aniq so`zni tanlay olish ko`nikmasi shakllanadi. Bolalarning qish, qish belgilari haqidagi bilimlari boyitiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qishga oid rasmlar- pazllar.
Faoliyatning borishi:

  1. Qish haqidagi she`rni yodga tushirish va aytib berish.

  2. Pazl - rasmlarni ko`zdan kechirish va taqsimlash.

  3. Bolalar tomonidan pazldan rasm hosil qilish;

  4. Qanday rasm hosil bo`lganligi haqida rasm asosida qisqa hikoya.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin