«Rangli muz yasaymiz» Maqsad: qor, muz, suvning xossalari haqida oddiy tushunchalarga ega bo`lish. Topshiriqni bajarishga ijodiy yondashish.
Kerakli Jihoz va materiallar: muz, muz erishiga mo`ljallangan idish, bo`yoqlar, muzlatish uchun shakllar, rangli muzdan hosil qilinadigan haykallar haqidagi slaydlar.
Faoliyatning borishi: Muz parchalarini ushlab ko`rish, ular bilan o`ynash, muz xossalarini eslab ko`rishni taklif qilish.
Turli shakllardagi rangli muz yasashni taklif qilish.
Umumiy patnisda rangli muz parchalaridan naqshlar yasash.
Naqshning erishi, bo`yoqlarning aralashib ketishi jarayonini kuzatish.
Qo`shimcha qism:bolalarga muzdan yasalgan haykallarni tomosha qilishni taklif etish.
E`tiborga molik jihati: tushuntirish va o`tgan tajribani umumlashtirish, tabiat va tabiat hodisalarini sevish va ulardan hayratlanish.
Qurish va yasash markazi «Sport haqidagi rasmni yig`ib chiq» (pazllar) Maqsad: qo`llarningmotorikasini rivojlantirish, e`tiborni jamlash, sportning turli shakllari haqidagi bilimlarni o`zlashtirish, sportga qiziqish va sport bilan shug`ullanish istagini qo`llab-quvvatlash.
Kerakli Jihoz va materiallar:sportga oid rasmlarning pazllari, turli sport shakllari haqidagi rasmlar
Faoliyatning borishi: Turli sport shakllari haqidagi rasmli kartochkalarni tomosha qilish.
Bolalar pazllarni yig`adi.
Bolalar rasmi hosil bo`lgan sport turining nomini aytadi.
Qo`shimcha qism: bolalar yana qanday sport turlarini bilishini aytib beradi.
E`tiborga molik jihati: so`zlarni to`g`ri tanlash va o`z fikrini ifodalash uchun gap tuzish.
San`at markazi Rasm chizish «Menga qaysi sport turi yoqadi» Maqsad: badiiy ifodalashga qiziqishni oshirish, syujetning asosiy alomatlari, nisbatlar va ranglarni ifodalaydi. Sport turlari haqidagi bilimlarni boyitadi.