O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə95/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Faoliyatni olib borilishi:
1. Yelpig`ich tayyorlash yo`riqnomasini ko`rish.

  1. Bolalar o`zining yelpig`ichi uchun ezgu ishlar yozilgan qismni tanalaydilar.

  2. Yelpig`ichni tayyorlash.

Qo`shimcha qism: bolaning lug`atini faollashtirish va boyitish. E`tiborga molik jihati: fikrlash doirasini kengaytirish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Teatrlashtirish:«Ikki qizg`anchiq ayiqchalar»
Maqsad: asarning nomini va mazmuni biladi, nom va mazmunni uyg`unligini ko`ra oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: o`rmon aks etgan shirma, ikki ayiqcha, ona ayiq, tulki, pishloq bo`laklari, har xil rangdagi geometrik shakllar chizilgan teatr chiptasi ( shu shakllar stullarga ham chiziladi).
Faoliyatni olib borilishi:
1. Bolalar ertak syujetini esga oladilar.
2. Rollarni taqsimlaydilar va qo`g`irchoq teatrini sahnalashtirishadi.
Qo`shimcha qism: sahnalashtirilgan ertakni boshqa guruh bolalariga namoyish etadilar.
E`tiborga molik jihati: bir-biriga do`stona munosabatda bo`lish, bo`lishish va imkon berishni tarbiyalash.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yin « Avtobusda sayohat»
Maqsad: jamoa bilan o`ynashni, aniq bir rolni bajarishni, yo`l harakati qoidalarini va transport turlarini biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: stullardan avtobus, haydovchi uchun joy va bosh kiyim, chiptalar sumkasi, chiptalar. Oq, qizil, sariq va ko`k rangdagi kapalaklar.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Rollarni taqsimlash. Avtobusda sayohat.
2. «Mustaqillik» bekati. O`yin. «Gullarni yig`ib ol!». Bolalar avtobusdan chiqib gullarni savatchaga teradilar

  1. «Xalqlar do`stligi» bekati. Harakatlio`yin «Qushga aylan».

Boshlovchi: «Bir, ikki, uch, o`z atrofingda aylanib qushga aylan!
( chumchuq - bolalar chumchuqning yurishiga, ovoziga, harakatiga taqlid qiladilar, keyin qaldirg`ochga, turnaga).

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin