O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə94/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Loy ishi « Foydali vitaminlar»
Maqsad: loy ishida har xil usullarda mevalar shaklini bera oladi ( dumaloqlash, yapaloqlash, ezish).
Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, stek, qo`l uchun qog`oz sochiqcha, loy ishi uchun taxtakach, tabiiy sabzavot va mevalar: apelsin, banan, olma, sabzi va h.k.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar meva va sabzavotlarni ko`rib chiqib, qanday foydali vitaminlar yasashni tanlaydilar.

  2. Kerakli bo`lgan rangdagi plastilinni oladilar.

  3. Faoliyatni boshlashadi.

Qo`shimcha qism: meva va sabzavotlar uchun Qo`shimcha qism savatcha yasashi mumkin.
E`tiborga molik jihati: mayda qo`l motorikasini rivojlantirish uchun, ko`zda mo`ljal olish, tasavvur qilish. Plastilin bilan tartibli, mustaqil, faol ishlashni tarbiyalash.
San`at markazi
Applikasiya «Odamchamizni kiyintiramiz»
Maqsad: applikasiyada har xil qog`ozlardan foydalanadi, ranglar hamohangligini tanlaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qaychi, pva yelim, mo`yqalam, ho`l sochiqcha, kleyonka, rangli karton, flamaster, munchoq, tugmacha, kiyim aks etgan suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar Qurilish markazida yasagan odamchalarini olishadi va ularga qanday kiyim yasashini tanlashadi.

  2. Rangli qog`oz tanlaydi. Kiyim yasashadi.

  3. Kiyimni bezaydilar.

Qo`shimcha qism: bolalar ijod faoliyati ni ko`rgazmasini o`tkazish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning ijodiy tasavvuri
4 HAFTA YaNVAR
MAVZU: «XUSHMUOMILALIK ALIFBOSI»
Qurish va yasash markazi
Qog`ozdan yasash «Ezgu ishlar yelpig`ichi»
Maqsad: qog`oz va qaychi bilan ishlashni, qog`ozni teng yarmiga, bir necha bor ketma- ketlikda buklashni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ezgu ishlar yozilgan yelpig`ich qismlari, tayyor yelpig`ich shakli.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin