Qo`shimcha qism: Qo`shimcha qism bekatlar bilan o`yinni davom ettirish mumkin.
E`tiborga molik jihati: hamjihatlikni, o`z ishiga mas`uliyatni ko`chada va transportda o`zini tutish qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Til va nutq markazi So`z o`yini «Nima yaxshi-yu, nima yomon?» Maqsad: yaxshi va yomonni ajratadi, ertak va hikoyalardan qismlarni so`zlab beradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: syujetli suratlar.
Faoliyatni olib borilishi: 1. Illyustrasiyalarni tomosha qilish.
2. Mazmunga mos illyustrasiyalarni ajratish.
Xulosalar.
Ta`limiy o`yin: «Yaxshi ishlar».
Bolalar mazmunga mos bo`lgan suratlarni tomosha qiladilar va qaysi biri yaxshi va yomonligi so`zlab berishadi.
- o`g`il bola buvisiga ignaga ip o`tkazishda yordam beradi;
- qiz bola gulxonadangullarni teradi guldasta tayyorlaydi;
- o`g`il bola ukasiga kitob o`qib beradi;
- qiz bola bog`da agatni sug`ormoqda;
- o`g`il bola idish yuvadi;
- o`g`il bola ko`lmakka oyog`i bilan tushib, tepsinmoqda;
- katta qiz kichkinasini arg`imchoqdan yiqitdi, va u yiqildi, urildi; - qiz bola xiyobonda qushlar iniga don sepdi va h.k.
So`zo`yini:«Yaxshi va yomon». Bolalar illyustrasiyalarni tomosha qilib, ertak qahramonlarining yaxshi va yomon ishlarini eslaydilar.
Qo`shimcha qism: jamoa bo`lib yaxshilik va yomonlik to`g`risidagi multfilm ko`radilar.
E`tiborga molik jihati: bolalarni yaxshi ishlar qilishga bo`lgan intilishga, ijodiy tasavvurlar.
Til va nutq markazi Suhbat «Yaxshi xulq» . «Ezgu so`z» . Maqsad:kattalar va kichiklar bilan xushmuomila bo`lish, odamlarning hatti harakatlarini tahlil qilish, ezgu ishlarga qiziqish uyg`otish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mazmunga oid suratlar.
Faoliyatni olib borilishi: 1. Bolalar ijobiy hatti harakatlar aks etgan kartochkalarni tanlaydilar;
2. Bolalar yaxshi ertak qahramonlarini va ularning xatti harakatlarini eslaydilar;
Ta`limiy o`yin: «Qiziqarli kartochkalar». Kartochkalarda berilgan vaziyat bo`yicha imkon qadar ko`proq «Sehrli» so`zlarni ishlatish.
«Oltin qoidalar» xushmuomila murojaat. Taklif qilinayotgan kartochkalardan har bir bola oltin qoidalarni tanlaydi va doskaga joylaydi.
Oltin qoidalar aks etgan kartochkalardan namunalar:
- Doim salomlashish
- Xushmuomila bo`lish
- O`yinchoqlarini do`stlari bilan bo`lishish
- Agar xafa qilsa, uzr so`rash
- Boshqalarni hurmat qilish va h.k.