Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalar yaratgan ijodini mayda o`yinchoqlar bilan boyitishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: qurilish layoqatini, birgalikda ishlashni
rivojlantirish, BHXIIga rioya qilish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yin» Pochta» .
Maqsad: syujetli o`yin o`ynash, rol uchun dialog (ikki kishi muloqati) tuzish, o`yinni rivojlantirish, bir birining o`yindagi hatti harakatlarini uhokama qilish, kattalar yordamida o`yinda qo`llaniladigan atributlarni tayyorlash.
Kerakli Jihoz va materiallar: telegramm qog`ozi, posilka xabarnomasi, konvertlar, tabriknomalar, gazeta, jurnallar, shtamp. Pochtalon sumkasi, O`zbekiston xabarchisi (pochtalon) ning maxsus kiyimi, pochta qutisi.
Faoliyatni olib borilishi: «Pochtachi» she`rini o`qish.
Shaxdam qadam ila charm sumkasi bilan,
Xatlar, tabrik... nimalar yo`q!
Yomg`irda ham, qorda ham,
Shoshiladi xabarchi, elga xabar bergani:
Kimga xabar, kimga teledastur,
Kimga jo`natma, kimga telegramma.
O`yin uchun syujet yaratish
Rollarni taqsimlash
O`yinni olib borish
E`tiborga molik jihati:
To`g`ri nutqni shakllantirish;
Harflarni to`g`ri talaffuz qilish;
Bola hayoti havfsizligi
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yin «Mehmonlarni kutamiz»
Maqsad: tengdoshlari va kattalar bilan muloqat qilish, uy ro`zg`or yumushlarini biladi ( tozalash, taom tayyorlash, stol bezatish va bosh), birinchi va ikkinchi darajali rollarni o`ziga ishonib o`ynay oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: bolalar uchun mo`ljallangan oshxona to`plami, mevalar, sabzavotlar, dasturxon, gullar bilan guldon, bolalar mebellari, oshxona, bolalarbop gaz plitasi va oshxona buyumlari.
Dostları ilə paylaş: |