Boshqa odamlar, adabiy asar qahramonlarining hissiyotlari haqida gapirib, bolaning umuminsoniy qadriyatlarga bo`lgan munosabatini shaxsiy emosional-estetik kechinmalar orqali oshirish. Bolaning dunyoqarashini, emosional - hissiy, timsoliy- assosiativ tafakkurini rivojlantirish. San`at asarlari bilan tanishish,emosional jonli muloqat uchun imkon yaratib berish.
Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari
Nutqda oddiy va murakkab gaplardan foydalangan holda bolalarga suratga qarab hikoya tuzishga o`rgatish, so`z lug`atini boyitish, to`g`ri nutqni shakllantirish.
Aqliy bilishni rivojlantirish
Xushmuomila bo`lish va o`zini tutish qoidalarini mustakamlash. Insonlarni ahloqiy tomonlari haqida badiiy adabiy va boshqa san`at turlari namunalari hamda bolalarning o`zini tutishlari va muloqatiga tayangan holda tushuncha berish.
Ijodiy rivojlanish
Jamiyat hayotida voqyealarni ijodiy tasvirlashning har xil vositalardan foydalangan holda ( shakl, kolorit, majmua) aks ettirish. Ixtiyoriy syujetni tanlagan holda o`ylaganlarini ijodida (applikasiya yoki haykaltaroshlik) ro`yobga chiqarish.