O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi davlat talablari



Yüklə 251,3 Kb.
səhifə30/34
tarix25.12.2023
ölçüsü251,3 Kb.
#195336
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
07 01 musiqa davlat talablari, o\'quv dasturlari, metodik qo\'llanmalar

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Intellektual-bilish malakalari

Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

bitta belgi asosida predmetlarni ajratadi;
olti rangni farqlaydi va ajratadi;
bir xil poyini topadi;
rasmlardagi predmetlarni taniydi va nomini aytadi;
jonli obyektlarga qiziqish bildiradi;
predmetlar yasalgan materialni farqlaydi (qog‘ozdan, taxtadan, temirdan) ;
xonani kuzatadi va o‘zi turgan joyni aniqlaydi;
atrof-muhitga qiziqish bildiradi.

rasmlarni solishtiradi;
2-3 belgi asosida guruhlarga ajrata oladi;
jonzodlarni asosiy ehtiyojlarini ta’riflaydi va taqqoslaydi (hayvonlar: ovqat eydi, nafas oladi, harakatlanadi va hokazo) ;
hayot uchun suv, havoning ahamiyatini ta’riflaydi;
kun qismlarini nutqida to‘g‘ri qo‘llaydi va biladi (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi) ;
yil fasllarini tavsiflaydi;
atrof olamga faol qiziqish bildiradi.

rasm asosida sujetni eslab qoladi va gapiradi;
ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
turli hayvonlarning yashash joylarini aytadi (baliq suvda yashaydi, bo‘ri o‘rmonda) ;
geografik tushunchalarni biladi (er, dengiz, tog‘, daryo) ;
oddiy sabab va oqibat aloqalarni tushunadi (yomg‘ir yog‘yapti — panaga o‘tish kerak) ;
sinash va xatolarni tahlil qilish yo‘li bilan amaliy vazifalar yechimini topishga harakat qiladi (mashinani yurg‘izish uchun kalitni burash kerak) ;
obyektlarni tizimga solad.

atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;
kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;
yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;
rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;
o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;
bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;
ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, �azifasiga qarab).


Yüklə 251,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin