O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə66/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh CH va kichik “ch” harflari CH tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, CH tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Bir-birimizni kayfiyatimizni ko‘taramiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Bir-birimizni kayfiyatimizni ko‘taramiz”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi va hamma bolalar bir-birlarini qo‘llarini ushlab, bir-biriga qarab yaxshi tilaklarni aytishlarini aytadi. (bolalar bir-biriga yaxshi tilaklarini aytadilar: sen yaxshisan, sen donosan, sen chiroylisan, sen jasursan....).
2. Asosiy qism: 20 daqiqa.
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda CH tovushi bor choynak rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi CH tovushini takrorlab (Ch-ch-ch-choy-nak) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyachi CH tovushini talaffuzini tushuntiradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Chtovushini talaffuzidalablar aylana shaklida va oldinga bir oz oldinga chiqqan, tishlar bir- biriga jipslashgan, til uchi, til kuragi yuqoridagi tishlar yoki alveolalar bilan birikadi.Bu birikuv sekin-asta ular o‘rtasidagi tirqishga aylanadi, til o‘rtasidan qisqa havo oqimi o‘tadi. Buni his etish uchun qo‘l kaftini og‘iz oldiga olib kelish kerak, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga qisilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, havo esa og‘iz orqali o‘tadi, tovushning bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Ch undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Ch tovushining talaffuzini o‘rgatadi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Chtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi.Ch tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng Ch harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda Ch harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
CH harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga CH kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
“Poyezd” o‘yini.
Bolalar poezdning vagonchalari bo‘lishadi. Tarbiyachining poezd yurib ketdi deyishi bilan bolalar qo‘llarini tirsakdan bukib, aylanma harakat qilib, bir- birlarining ketlarida Chux-chux, chux-chux, chux, deb yuradilar.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma CH harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta CH harfini yasaydilar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi CH undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (Cha-man, Cha-ros, choy, chol, cha-na, cho’-mich, chu-mo-li) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda CH undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa CH harfni baland ko‘taradilar.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin