O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə65/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Amaliy masq.
Tarbiyachi SH undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (sholg'om, shaftoli, sher, shohmot, toshbaqa, Toshkent,osh, bosh, qish, kurash) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda SH undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa SHkesma harfni baland ko‘taradilar.


Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.SH harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. SH harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.

Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.


Relaksaksiya “O‘rmonda”
Tarbiyachi: -Bolajonlar endi ko‘zlarimizni yumamizva o‘rmonga borganimizni tasavvur qilamiz. Tasavvur qiling biz sizlar bilan o‘rmonga borib qoldik. O‘rmon juda sokin, shu payt mayin shaboda esib, daraxtlarning shoxlarini tebrata boshladi. O‘rmon bir zumda shivvilay boshladi sh-sh-sh-sh. Daraxtlarning shoxchalari, bargchalari shabadada qanday shovullaydi? Sh-sh-sh-sh..... shamol tindi va o‘rmon yana sokin.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- SH harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Qanday so‘zlarni tuzdik?
- Qanday gaplarni tuzdik?
Mavzu: CH ch harf-tovushi bilan
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi CHch harf-tovushi bilan tanishadilar;
- CH tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- CH tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin