‘ va ng: ayiq sen qayerga ketayapsan ?
Ayiq: men do‘stlarim yoniga savatda gul olib ketayapman.
‘ va ng: ayiq ayt-chi sen qanday harf bilan boshlanasan?
Ayiq: “A” meni bosh harfim yana asal, archa, ari so’zlari ham “a”dan boshlanadi.
‘ va ng: ayiq unday bo‘lsa qo‘lingdagi harfni bizga ber, biz uni o‘zimizga bosh harf qilib olamiz. “G” bilan baribir boshlanadigan so‘z yo‘q-ku.
Ayiq: ey, nima deyapsiz “G” bilan ko‘p so‘zlar boshlanadi masalan: gul, gilam, gilos.
‘ va ng: ey unda bizga tog‘ri kelmaysan ketaver.
Ayiq orqasidan tulki keladi.
Tulki: sizlar kim? Qanday so‘z bosh harfi?
‘ va ng: biz …….. senchi qaysi harf bilan boshlanasan?
Tulki: men, toshbaqa “t” harifi bilan boshlanganidek men ham “t”harfi bilan boshlanaman.
‘ va ng: unday bo’lsa qo‘lingdagi harfni bizga ber.
Tulki: yo’q ular ham sizga to’g’ri kelmaydi. Ular “O” va “U” harflari.Ular bilan olma, uzum so‘zlari boshlanadi.
Bo‘ri ular yoniga yetib keladi.
‘ va ng: bo‘ri qo‘lingdagi harfni bizga ber. Seni o‘z harifing borku, yana harifingga o‘hshab ketar ekan.
Bo‘ri: ey, yo‘q bu “P” harfi agar u bo’lmasa unda paxta, pilla, pomidor so‘zlari qanday yoziladi. Men buni sizga bera olmayman.
Sher, qo‘shiq aytib kiradi.
‘ va ng: qara mana bularda senga o‘hshab ikkitadan harflari bor ekan, so‘rasak bittasini berishar.
Sher, cheburashka: yo‘q bunday qila olmaymiz, agar biz ajralsak unda handalakdagi “h” ga, sabzidagi “s”ga aylanib qolamiz. Unda sport salomatlik garovi degan mana bu bolalar xafa bo‘ladilar.
Qarg’a: suhbatingizni eshitib qoldim.
‘ va ng: ha seni aqlli qush deyishadi. Aytchi sen bizga yordam bera olasanmi? Biz ham bosh harf bo‘lishimiz mumkinmi?