"Qizil-oq" o‘yini O‘yinning maqsadi:Eshituv idrokini rivojlantirish,so’zdagi tovushni aniqlash.
O‘yinni jixozlash: Har bolaga 2 tadan doirachalar (qizil va oq) beriladi
O‘yinning borishi: Logoped,bolalardan diqqat bilan quloq solishdi va berilgan tovush qaysi so‘zda ishtirok etayotganini aniqlashni so‘raydi.Agar so‘zda tovush ishtirok etsa, bolalar qizil doirachani,agar ishtirok etmasa oq doirachani ko‘tarishlari kerak
"Tovush qayerda?" o‘yini O‘yinning maqsadi:Tovushlarni so‘zlarda aniqlash
O‘yinni jihozlash: Rangli karton qog‘oz(karton qog‘oz eniga chizilgan bo’lak 3 ga bo’linadi,faqat kesilmaydi) va fishka(bayroqcha yoki doiracha)
O‘yinning borishi:Logoped so‘zni talaffuz qiladi.Bolalar berilgan tovushning so‘zdagi o‘rnini aniqlaydilar. Tovush so‘zning boshida,o‘rtasida yoki oxirida kelganligiga qarab fishka chiziqning birinchi,ikkinchi yoki uchinchi qismiga qo‘yiladi.Bunday o‘yin, logoped stolida katta format qog‘ozi bilan yoki har bir bolaga alohida karton qog‘oz tarqatib chiqgan holda ham olib borilishi mumkin.Bolalar avval ,tovushning so‘zni boshida kelgan holatini,keyin esa so‘zning oxirida kelgan holatini aniqlaydilar.Buni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyingina so‘zning o‘rtasida mumkin bo‘lgan holatlar ko‘rib chiqiladi.
"Kim ko‘proq topadi?" o‘yini O‘yinning maqsadi: Rasm asosida so’zdagi berilgan tovushni aniqlash
O‘yinni jihozlash: Berilgan tovush ishtirok etgan so’zlar rasmi tasvirlangan syujetli rasm.
O‘yinning borishi:Logoped bolalarga oid syujetli rasm ko‘rsatadi,masalan"polizda".Bolalar rasmni diqqat bilan ko‘rib chiqadilar.Logoped bolalarga:
-Bolalar polizda nima terishmoqda?-degan savol bilan murojaat qiladi,bolalar javob beradilar.
Keyin esa
-Qaysi predmetlar nomida "R" tovushi (S tovushi va hakozo) bor?-ko‘rinishida vazifa topshiladi.
Har bir to‘g‘ri topilgan so‘zga doiracha beriladi.Kim ko‘proq doiracha olsa o‘sha bola g‘olib hisoblanadi?