Xulosa va tavsiyalar Alaliyali bolada til belgilari tizimini egallash imkoniyatining chegaralanganligi seziladi. Bayon qilishni yuzaga keltirish, bezatish operatsiyalari shakllanmagan bo‘ladi, xususan, fonemalarni tanlash bilan bir qatorda ichki bo‘g‘inli va bo‘g‘inlararo dasturlash (ya’ni, artikulyator dastur) va chuqur-sintaktik va chuqur-semantik darajalarni amalga oshiruvchi operatsiyalar, ya’ni ichki nutq darajasi buziladi.Ishning neyrofiziologik jihati bosh miyaning substrata buzilishlarini nutqning shakllanmaganligi xarakteri bilan bog‘likligini tahlil qiladi. Ishning psixologik va lingvistik jihati nutqiy va umumiy psixologik funksiyalarning o‘zaro munosabati, ya’ni kamchiliklarni namoyon bo‘lishi tarkibida nutqiy faoliyatning holatini tahlil qiladi. Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarni yanada o‘rganish va ular bilan korreksion tarbiyaviy ishning yaxlit, bir butun tizimini yaratish-logopediya nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammosidir. Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirishda logopedik korrektsion ishlar davomida logoritmik kompleks mashq va vositalarni har bir mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi bolalar nutqini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
- bunday ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ishlarni tovush talaffuzi nuqsonlarini bartaraf etish, fonematik idrokini rivojlantirga qaratilgan ishlar bilan birganlikda olib borilgandagina yaxshi natijalarga erishiladi, logopedik ishning samaradorligi oshadi;
- agar bolalarni bunga maxsus o‘rgantilmasa, ularda yozma nutq kamchiliklari ham yuzaga kelishi ehtimolidan holi emas. Shuning uchun ham maxsus muassasalarda fonematik idrokni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Tavsiyalar:
Logopedik o‘yin mashg‘ulotlarida alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha korrektsion - pedagogik ishini bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan shakllarda (o‘yin, o‘quv-o‘yin) olib borilish
Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida rivojlantiruvchi syujetli –rolli, didaktik va harakatli o‘yinlardan keng foydadalanish
Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyalari jarayonida bolalarni ruhiy va jismoniy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish.