O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari



Yüklə 127,79 Kb.
səhifə3/10
tarix26.12.2023
ölçüsü127,79 Kb.
#197616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qadriyatlar togri

Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari
Mashhur Shaxslarning Tarbiya Haqidagi Fikrlaridan.
Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog‘i lozim.
(Abu Nasr Farobiy)
“Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko‘ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donoshmandlik kerakligiga ishonch qildim”
(Amir Temur)
“Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘lim-tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak”
(Islom Karimov)
“Tarbiya uch narsa ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga va mashqqa”
(Arastu)
“Yaxshi tarbiya-millat ichidan buyuk insonlarni ko‘paytirishga, qolganlarni esa sog‘lom fikr yurituvchi fuqarolarga aylantirishga qodir” degan edi ma‘rifatparvar Gelvedtsiy
“Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.
(Abdulla Avloniy)
Tug‘ub tashlov bila bo‘lmas, bola bo‘lg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnoma sizga.
(Abdulla Avloniy)
Bordir inson zotiga ancha sharaf,
Yomon hulqini etsa bartaraf.

Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o‘quvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar.


Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liq.
O‘quvchi shaxsi tarbiya ob‘ektigina emas, yeng muximi u tarbiya sub‘ekti hamdir. Tarbiyaning asosiy turlari ikkitadir: Oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya. “Ijtimoiy tarbiya” iborasini ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir ko‘rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarida, ya‘ni ta‘lim maskanlarida amalga oshiriladigan jarayonini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy tarbiya jarayonida yosh avlod o‘tmish tajribalarini o‘zlashtirib, yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-ma‘naviy, aqliy, jismoniy, huquqiy kamolotida muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning bir necha turlari: aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik mehnat, huquqiy tarbiya kabi turlari bor. Bulardan tashqari diniy tarbiya, harbiy tarbiya ham mavjud.
Bugungi kunda O‘zbekiston jamiyati Prezidentimiz boshchiligida bosh tarbiyachi vazifasini o‘tamoqda. Tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyatini ko‘pgina omillar belgilaydi. Bu omillar quyidagilar: Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, maktab o‘quvchilari bajaradign ijtimoiy-foydali mehnatni aniq rejalashtirish, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta‘sirini birlashtirish, maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari (Yakka tartibdagi, guruh, ommaviy ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini jonlantirish, o‘quvchilar faolligini oshirish, tarbiyalashni qayta tarbiyalash bilan birga qo‘shib olib borish va boshqalar.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum muddatgina maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy hismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor beriladi.
Ayni vaqtda, respublikada o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar va xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari, texnika va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuv, ko‘rgazma, ko‘rik va suhbatlar o‘quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Tarbiya g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, har davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotini o‘zida aks ettiradi.
Uning vosita omillari asrlar davomida shakllanib, takomillashadi. Tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo‘ladi. Shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
Mustaqil O‘zbekiston sobit qadamlar bilan o‘z taraqqiyoti yo‘lidan bormoqda. Bu yo‘l milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g‘ururimizni uyg‘otish, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamolatga erishish yo‘lidir. Bu esa milliy ong, g‘urur, milliy odob, milliy etiqod, iymon-diyonat kabi fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirishni dolzarb vazifa qilib qo‘ydi.
Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishni o‘z ichiga oluvchi yangi pedagogik yo‘nalish yuzaga keldi. Milliy tarbiya-O‘zbekiston milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir.
Milliy tarbiya O‘zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor shaxslarni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Milliy tarbiya nima? Milliy tarbiya bu har bir xalqning o‘z milliy madaniyati, tili, tarixi, urf-odatlari, an‘analari, hayot tarzi asosida tarbiyalashdir.O‘zbekiston maktablari o‘quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli dolzarb ahamiyat kasb etgan, shaxsning milliyligiga aloqador bo‘lgan fazilatlarni singdirish tamoyillaridan kelib chiqadi.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo‘lgan ijobiy sifatlar:
Milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, iymon-e‘tiqod, milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalarni singdirishni; ularning aksi bo‘lgan salbiy sifatlar; milliy befarqlik, xoinlik, vatanfurushlik, millatchilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uyg‘otish zarur. O‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari, mezonlari qaysilar bo‘lishi kerak? Bu ko‘rsatkichlar quyidagilar:
O‘zbekiston vatanim mening. Vatanparvarlik; O‘zbekistonning tabiiy, milliy, ma‘naviy xususiyatlarini bilish; vatanimizning o‘tmish tarixi, hozirgi hayoti va kelajagi haqida tushunchalarga ega bo‘lish; o‘zbek xalqining qahramon farzandlarini bilish, davlat ramzlarini bilish. Milliy g‘urur asoslari. O‘zining o‘zbek millatiga mansubligi anglash, faxrlanish; milliy burchlarini anglash, ona tilini sevish; Milliy odob. Barchani sizlash, o‘zidan kattalarga xurmat, ota-onalarga xurmat; Vatanni sevish-iymondandir va boshqalar. Milliy urf-odatlarimizni yaxshi bilish, qadrlash va boshqalar.



  1. Yüklə 127,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin