O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


-mavzu. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining pedagogik amaliyoti



Yüklə 65,34 Kb.
səhifə5/10
tarix03.10.2023
ölçüsü65,34 Kb.
#151815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kasb ta`limi metodikasi Yangi yo`nalish

17-mavzu. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining pedagogik amaliyoti

Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari. Faol va passiv amaliyot. Professional ta’lim muassasalari bilan tanishish, ta’lim muassasasi rahbarlari ishini o‘rganish. Ishlab chiqarish ta’limi ustasining o‘quv-tarbiyaviy ishlarini o‘rganish. Professional ta’lim muassasalarida darsdan va o‘qishdan tashqari ishlarni o‘rganish. Ishlab chiqarish ustasi va guruh murabbiyi olib boradigan kasbga qiziqtirish ishlari usullari va metodlari bilan tanishish hamda ularni o‘rganish. Pedagogik amaliyotga qo‘yiladigan talablar, pedagogik amaliyot bo‘yicha hujjatlar, ularni rasmiylashtirish, hisobot tayyorlash tartibi va pedagogik amaliyotni yakunlash.




18-mavzu. “Kasbiy ta’lim metodikasi” fanidan kurs loyihaviy va bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar


Kurs ishining maqsad va vazifalari, ularning mavzularini tanlash va tasdiqlashga qo‘yiladigan talablar, kurs ishlarini bajarish hamda unga qo‘yiladigan asosiy talablar. Kurs ishini rasmiylashtirish va himoya qilish. Bitiruv malakaviy ishlarining maqsad va vazifalari, ularning mavzularini tanlash va tasdiqlashga qo‘yiladigan asosiy talablar. Bitiruv malakaviy ishini bajarish va unga qo‘yiladigan talablar.


III. Amaliy mashg‘ulotlari buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar


Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar kasb ta’limi metodikasi fani o‘quv dasturlari materiallari mazmuni bilan chuqur tanishadilar, ulardan foydalanishni o‘rganadilar, taqvimiy mavzuli reja, o‘quv ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxati, fanlararo bog‘lanish rejasi, o‘quv dasturidagi aniq mavzularga doir dars rejasini tuzish va shu mavzular bo‘yicha konspekt yozishni o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarga tavsiya etiladigan mavzular.

  1. Professional ta’lim davlat ta’lim standartlarini mazmun mohiyatini o‘rganish

  2. Professional ta’lim o‘quv reja va dasturlari tuzilishi va ularga qo‘yilgan talablar.

  3. Dars jadvalini tuzish metodikasi.

  4. Professional ta’limning tashkiliy shakllari.

  5. Kasbiy ta’limni rejalashtirish. Nazariy ta’lim va uni loyihalash metodikasi.

  6. Kasbiy ta’limda amaliy darsga tayyorgarlik ko‘rish yo‘riqnomalarni tayyorlash tartibi.

  7. O‘quv jarayonida ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi.

  8. Ta’lim texnologiyalariga asoslangan dars rejasini tuzish metodikasi.

  9. Tarqatma va didaktik materiallar tayyorlash metodikasi.

  10. Maxsus fanlar bo‘yicha dars mavzusiga taqdimot tayyorlash metodikasi.

  11. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi.

  12. Maxsus fanlar bo‘yicha nazorat topshiriqlari va test tuzish metodikasi.

  13. Laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi

  14. Professional ta’limda pedagogik texnologiyalar va ularni qo‘llash metodikasi.

  15. Maxsus fanlarni o‘qitishda interfaol ta’lim metodlari va ularni qo‘llash metodikasi

  16. Kasb ta’limi o‘qituvchisi shaxsining nutq texnikasi va madaniyati.

  17. Fanlararo bog‘lanish rejasini ishlab chiqish.

  18. Dars tahlili va uning mazmuni.

  19. Dars tahlillarini o‘tkazish metodikasi

  20. Dars jadvalini tuzish metodikasi

  21. O‘quv yuklamani hisoblash metodikasi

  22. O‘quv rejani tuzish metodikasi

  23. Mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzish

  24. Yo‘l yo‘riqli texnologik xarita tuzish

  25. Mustaqil ishlar uchun uslubiy tavsiyanoma tuzish

  26. O‘quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro‘yxatini tuzish.

  27. Yo‘l-yo‘riqli texnologik xaritani ishlab chiqish metodikasi.

  28. Kasb ta’limi o‘qituvchisi va ishlab chiqarish (o‘quv) ustasiga qo‘yiladigan talablar.

  29. Professional ta’limda o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash.

  30. Professional ta’limda uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarish.

  31. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining pedagogik amaliyoti.

  32. Professional ta’limda ishlab chiqarish ta’limi va amaliyoti.

  33. Professional ta’lim muassasalarida o‘quv xonalari, laboratoriyalari hamda ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalariga qo‘yiladigan talablar va ularni jihozlash.

  34. O‘quv (ishlab chiqarish) ustaxonalarida mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi.

  35. “Professional ta’lim metodikasi” fanidan kurs loyihaviy va bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik, guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.



Yüklə 65,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin