V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar. Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi: - esse – dolzarb mavzu bo‘yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;
- dokladlar tayyorlash;
- kurs ishi yozish;
- konspekt yozish;
- glossariy tuzish;
- individual va guruhiy o‘quv loyihasi;
- keys-topshiriqlarini bajarish;
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
- manbaalar bilan ishlash;
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar ishlanmalarini tayyorlash;
ta’lim yo‘nalishi(mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
VI. Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari:
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Professional ta’lim metodikasining metodologik asoslari
Professional ta’limda davlat ta’lim standartlari mazmuni mohiyati
Maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quv didaktik materiallardan foydalanish metodikasi
Maxsus fanlarni o‘qitishda ta’lim metodlari
Maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotning dars modeli va texnologik xaritasini tayyorlash
O‘qitishda ko‘rgazmali qo‘llanmalar va texnik vositalardan foydalanish
O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash
Laboratoriya-amaliy mashg‘ulot rejasi va uni o‘tish metodikasi
Kasb-hunar maktablarida o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash
O‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish metodikasi
Ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish texnologiyasi
Maxsus fanlardan loyihalash va mashgulotlarni tashkil etish metodikasi
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar, esse, chizmali organayzerlardan foydalangan xolda tayyorlangan o‘quv loyihasi shaklida tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.