O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivi. Reja: Kirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/9
tarix30.11.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#71352
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi tuzatilgan

1. Idoraviy arxivlar.
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi qoshidagi Arxiv boshqaruvi 1964- yildagi 33-son buyrug‘i asosida O‘zbekiston SSR MDA quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.

  1. Rahbar lavozimi Direktor lavozimiga o‘zgartirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1-sentyabrdan O‘zbekiston SSR MDA O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivideb yuritildi.
1991-yilda bo‘limlar nomiga quyidagi o‘zgarishlar qilingan.

    1. “Xodimlar apparati shtati” “Apparat boshqaruvi” deb yuritildi.

    2. “Xodimlarga xizmat ko‘rsatish” bo‘limi “Xo‘jalik xizmati” ga o‘zgartirildi.

1992-yil shtat jadvaliga asoslanib, O‘zR MDA quyidagi tuzilmalardan iborat bo‘lgan:

  1. Apparat boshqaruvi;

  2. Xujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi;

  3. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar arxiv saqlovxonasi;

  4. Sovet davri fondlar arxiv saqlovxonasi;

  5. Mikronusxalar arxiv saqlovxonasi;

  6. Davlat hisobini olib borish va ilmiy-ma’lumot apparati bo‘limi;

  7. Jamlash idoraviy arxivlar va ish olib borish bo‘limi;

  8. Maxsus fondlar bo‘limi;

  9. Rejalashtirish va tashkilish – uslubiy ishlar bo‘limi;

  10. Hujjatlardan foydalanish va ularni e’lon qilish bo‘limi;

  11. Hujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi;

  12. Xo‘jalik xizmati bo‘limi:



O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivirespublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi. O‘zR MDA arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi2.
Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. Vaqf hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid.
O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917 yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjud3.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin