O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivi. Reja: Kirish


O‘zbekiston Respublikasi MDA tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/9
tarix30.11.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#71352
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi tuzatilgan

O‘zbekiston Respublikasi MDA tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:



  • hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash;

  • tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida, hamda atoqli shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash;

  • radio- va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash;

  • ekskursiyalarni o‘tkazish;

  • ko‘rgazmalarni tashki etish;

  • fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish;

  • jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va hujjatlarini aniqlash;

  • ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash va chop etish;

  • arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish;

  • arhiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish;

  • arxiv hujjatlarini raqamlashtirish;

  • arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, ma’ruzalarni o‘tkazish;

  • arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish;

Bugungi kunda O‘zR MDA arxivshunoslik va hujjatshunosli sohasi bo‘yicha quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi:

  1. Hujjatshunoslik va arxiv hujjatlari Butunittifoq ilmiy-tekshirish instituti (VNIIDAD) – Rossiya Federatsiyasi;

  2. Korea International Cooperation Agency (KOICA) – Janubiy Koreya;

  3. M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti – Germaniya;

  4. «Xolokost» memorial muzeyi – AQSH;

  5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;

  6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi.

  7. O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti

Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say- harakatlari aks ettirilgan. Chor Rossiyasi amoldorlari yuritgan hujjatlarga qaraganda Gippius musulmonlar chopon do‘ppisini kiyib, Qur’onni o‘qishdan oldin uni o‘pgan. Bu hol tuzum tarafdorlarini ruhlantirgan. Ammo, arxiv hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarning turli talqinlari mavjut: bundan ko‘zlangan maqsad tuzumning oddiyligini emas, balki Qur’onni o‘qiyotgan gubernator rolini ko‘rsatish bo‘lgan4.
Arxiv hujjatlari sovet xalqlari birodarligidan chor hukumati va g‘arbiy imperiya tuzumlarini ajratishda xizmat qiladigan muhim vosita sifatida namoyon bo‘ldi.
1917-yil boshlarida bu farqni aniqlashga harakat qilgan V. Lenin chor imperiya hududlari bo‘ylab rus shovinizmini cheklab qo‘ydi. Bolsheviklarning xalqaro doiradagi yetakchilari inqilobni sharq tomon yoyish maqsadida osiyolik faollarni jalb etdi va ular sotsializm rivojlangan sobiq mustamlakalar holatini ko‘rsatish uchun O‘rta Osiyodan foydalanishga umid qilganlar5.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin