VI bo’lim
“Jamoat tashkilotlari” deb nomlangan va bu hujjatlar 596, 27, 81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490 va 279-fondlardan o‘rin olgan.
VII bo’lim
“Diniy nazorat fondi” deb nomlangan va bu haqidagi ma’lumotlar arxivning 182, 85-fondlarida saqlanmoqda
Ko‘rsatgichga ilova sifatida geografik va shaxsiy ko‘rsatgichlar, sharq tillaridagi ayrim so‘z va terminlarga izohlar ham berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxiviida saqlanayotgan bu durdona hujjatlar XIX asrning II yarmidan to Oktyabr inqilobigacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, shu jumladan, o‘zbek xalqlarining o‘tmishi, urf-odatlari va tarixini o‘rganishda katta manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi Ko‘rsatgich. O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxiviining Oktyabr inqilobi va sotsialistik qurulish bo‘limidagi fondlarini o’ ichiga oladi. Mazkur fondlarini shu davr uchun nashr qilingan ko‘rsatgich bo‘yicha ko‘rib va tanishib chiqamiz11.
Ko‘rsatgichning birinchi bo‘limi “Turkiston territortyasida Muvaqqat hukumatning tuzilishi va ishchi-soldat deputatlari Soveti (oktyabrgacha) deb nomlangan, bunda Vaqtli hukumatning Turkiston Komiteti haqidagi hujjat 1760- fondda va Turkiston o‘lka soldat va ishchi deputatlar Soveti (1-chaqirig‘i) haqidagi hujjatlar esa 1613-fondda saqlanmoqda.
“Davlatning oliy organlari va davlat boshqarmalari” deb nomlangan ikkinchi bo‘lim ham o‘z navbatida 5 bobdan iboratdir.
Birinchi bob – Turkiston ASSRning davlat organlari va davlat boshqarmalari deb atalgan hujjatlar 17, 13, 16, 25, 20, 18,111, 39, 621, 38, 35, 606, 34, 208, 33, 37, 337, 29, 182, 184, 215,41 va 21-fondlarda;
Ikkinchi bob – “Buxoro Sovet Xalq Respublikasi davlat organlari” deb nomlangan hujjatlar 46, 47, 48, 49, 50, 1616, 56, 57, 61, 63, 58, 62, 51, 52, 53, 68-fondlarda saqlanmoqda;
Uchinchi bob – “Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat hokimiyati organlari va boshqarmalari”ga doir hujjatlar 71, 72, 73, 74 va 75-fondlarda; to‘rtinchi va beshinchi boblar – “O‘zbekiston SSR Davlat organlari va davlat boshqarmalari faoliyati”ga doir hujjatlar – 87, 86, 225, 837, 1807, 85, 95, 81, 2027,1, 9, 11-fondlarda saqlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |